Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti

Toshkent to‘qimachilik instituti 1932-yilda tashkil topgan. Dastlabki yillarda institutda ikkita fakultet mavjud edi: "Paxtani dastlabki qayta ishlash" va "Mexanik texnologiya", 4 ta mutaxassislik bo'yicha bitiruvchi mutaxassislar: paxtani dastlabki qayta ishlash, to'quv, yigiruv va ipak texnologiyasi. 1932-1933 o'quv yilida institut dastlabki 125 talabani qabul qildi.

Ilmiy faoliyat

        Oʼzbekiston Respublikasi Milliy xisob palatasi «Toʼqimachilik muammolari» jurnali tahririyatiga 2008 yil 24-iyundagi 446/S shartnomaga asosan davriy nashr mahsulotlari uchun «Toʼqimachilik muammolari» ISSN 2010-6262 raqamini bergan.
     Hozirgi kunga kelib, «Toʼqimachilik muammolari» jurnali Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Аttestatsiya Komissiyasi Rayosatining 2020 yil 30 iyuldagi qarori bilan Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi va Niderlandiyaning Elsevier kompaniyasi hamkorligida «Ilm-fan-2020» dasturi doirasida ishlab chiqilgan «Uzbekistan Research Online» raqamli platformasiga kiritilganligi bois, jurnal nomi «Oʼzbekiston toʼqimachilik jurnali»ga oʼzgartirildi. Ushbu ilmiy-texnik jurnal 2020 yil 24 iyunda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Аdministratsiyasi huzuridagi Аxborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02-0023 raqami bilan qayta roʼyxatdan oʼtkazildi. Shu bilan birga jurnalning ilmiy salohiyatini oshirish va mualliflar bilan «Onlayn masofali» almashinuv tizimini takomillashtirish maqsadida Online E-ISSN 2181-113X raqami olindi.
      Tahririyat «Ommaviy axborot vositasi toʼgʼrisidagi» Qonun hujjatlari va muassis tomonidan tasdiqlangan Nizom asosida, u bilan tuzilgan shartnoma hajmida ish faoliyatini olib boradi.
       Tahririyat ish faoliyatini olib borish muassis bilan kelishilgan holda «Tahririyat hayʼati va kengashi» bosh muharriri, bosh muharrir oʼrinbosari, masʼul kotib va ishchi guruh zimmasiga yuklatilgan.
      Dastlabki bosqichda jurnal bosh muharriri oʼrinbosari t.f.d., prof. А.E.Gulamov tomonidan barcha ilmiy maqolalar koʼzdan kechirilib, tahlil qilinadi hamda holis taqriz berishga mutaxassisga yuboriladi. Maqola holis taqrizchi tomonidan koʼrib chiqiladi, taklif va kamchiliklar koʼrsatiladi. Muallif tomonidan kamchiliklar tuzatilgandan soʼng, holis taqrizchida eʼtiroz qolmagan holda, maqola tahririyat hayʼati kengashiga taqdim etiladi va chop etishga tavsiya etiladi.
    Jurnalni sahifalash jarayoni yakunlangandan soʼng, rus tilida (I.А.Saruxanova), oʼzbek tilida (G.Sodiqova), ingliz tilida (Yo.Vaxobova) muharrirlik tekshiruvlari oʼtkaziladi. Soʼngra, jurnalning loyihasi ketma-ketlikda ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʼyicha prorektor А.E.Gulamov va bosh muharrir I.Q.Sabirovga taqdim etilib, ushbu jarayonlardan soʼng bosmaxonaga tegishli tartibda chop ettirish uchun taqdim etiladi.
     «Oʼzbekiston toʼqimachilik jurnali» ilmiy-texnik jurnalining davriyligi yiliga 4 ta son boʼlib, 100 nusxada chop etiladi.
       Jurnalning har bir soni bosmaxonadan oʼrnatilgan tartibda ishchi guruh xodimi (S.Umirzakov) orqali olinib, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Oliy Аttestasiya Komissiyasi, Oʼzbekiston Respublikasi milliy kutubxonasi, Oʼzbekiston Respublikasi aloqa va axborot agentligi, Toshkent shahar Matbuot va axborot boshqarmasi, Monitoring Markazi, institut kutubxonasi, jurnal bosh muharriri, ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʼyicha prorektor, Innovatsiya, integratsiya va ilmiy-tadqiqotlar markazi, dekanatlar, mutaxassislik kafedralari, obunachilar va faol tahririyat hayʼati va kengashi aʼzolariga qaydnoma asosida tarqatilib hisobdan chiqariladi. Shu oʼrinda Nizomga asosan ayrim tashkilotlar bilan obuna shartnomasi asosidagi tarqatmalar, institutda bajarilayotgan grant va xoʼjalik shartnomasi rahbarlariga ariza asosida obuna boʼlish ham koʼzda tutilgan.
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!