Taqdirlash

Joriy yilning 28-yanvar kuni Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti rektori Davron Abdujalalovich Vaxabov rahbarligida institutdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomdor davlat stipendiya sohibiga aylangan talaba-yoshlar munosib taqdirlandi. Tadbir davomida Institut rektori talabalarni birma-bir yutuqlari bilan tabriklar ekan, bilimli, faol, tashabbuskor talabalar institutning salohiyatini yanada oshirishga xizmat qilishini ta’kidlab, ularga omad tiladi.

“Nazm va navo” kechasi

Joriy yilning 25-yanvar kuni O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi O‘sh davlat o‘zbek akademik musiqali drama teatri sanʼatkorlari ishtirokidaAlisher Navoiyning 582-yilligi hamda Zahiriddin Muhammad Boburning 540-yilligiga bag’ishlangan tadbir“Nazm va navo” kechasi o‘tkazildi. Unda institut tyutorlari va talaba-yoshlari ishtirok etib, o’zlari uchun foydali va kerakli ma’lumotlarga ega bo’lishdi.

“Oʼzbekiston-Kozogʼistonda charm va charm-attorlik buyumlari ishlab chiqarishni innovatsion rivojlantirishda oliy oʼquv yurtlarning oʼrnini kuchaytirish” REILEAP loyihasi

Toshkent toʼqimachilik va yengil sanoat instituti, Jizzax politexnika instituti, Oʼzbekiston Ixtirochi Аyollari markazi hamda “Oʼzcharmsanoat” Uyushmasi Yevropa va Qozogʼiston universitetlari bilan hamkorlikda Yevropa Ittifoqining Oliy taʼlim, kadrlar tayyorlash, sport va yoshlar siyosati asosida, qoʼshma loyihalarni qoʼllab quvvatlash ERASMUS+ dasturi doirasida 2020 yilda eʼlon qilingan tanlovda“Oʼzbekiston-Kozogʼistonda charm va charm-attorlik buyumlari ishlab chiqarishni innovatsion rivojlantirishda oliy oʼquv …

BERLINDAGI “MADE IN UZBEKISTAN” STENDI MEHMONLARNI KUTIB OLADI

2023-yilning 19-21-yanvar kunlari O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov boshchiligidagi delegatsiya vakillari “Xalqaro yashil haftalik (IGW)” o‘tkazilayotgan Germayaning Berlin shahrida rasmiy tashrif bilan bo‘lishmoqda. Ushbu haftalikda Savdo-sanoat palatasi raisi va hozirda Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti rektori Davron Vahabov ham ishtirok etmoqda.

TOSHKENT TOʼQIMАCHILIK VА YENGIL SАNOАT INSTITUTI TАLАBАLАRI DIQQАTIGА!

Mamlakatimizda havo haroratini pastligini inobatga olgan holda Toshkent shahar hokimligi tomonidan Toshkent shahridagi barcha taʼlim muasasalarida qishki taʼtil muddatini shu yilning22 yanvarigacha uzaytirish va oʼquv mashgʼulotlarini 23 yanvardan boshlash toʼgʼrisidagi tavsiyasiga asosan institut rahbariyati quyidagilarni maʼlum qiladi:Toshkent shahrida yashaydigan va shu kunga qadar oʼqishni davom ettirish uchun Toshkent shahriga yetib kelgan 1 kurs bakalavriat taʼlim …

O’zbekiston-Singapur biznes forumi

Joriy yilning 16 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat tashrifi arafasida Singapurda ikki davlat tadbirkorlari o‘rtasidagi ishbilarmonlik aloqalarini har tomonlama mustahkamlashga qaratilgan O‘zbekiston-Singapur biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi va hozirdaToshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti rektori Davron Vahobov ham ushbu xizmat safarida ishtirok etmoqda.

Diqqat tanlov!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ma’naviy yuksalishiga ko‘maklashish markazi talabalarning qishki ta’tildagi bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish maqsadida “Kitobxon yoshlar” onlayn tanlovini e’lon qiladi. Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar @kitobtanlovbot manzili orqali ro‘yxatdan o‘tib, 19-yanvarga qadar 2 ta kitobni o‘qishlari va ular asosida tuzilgan testlarni yechishlari kerak bo‘ladi. Yakunda 30 nafar …

IJARADA YASHAYOTGAN TALABA-YOSHLAR DIQQATIGA!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ijara huquqi asosida yashayotgan talabalar tomonidan to‘lanadigan ijara to‘lovlarini qoplab berish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021-yil 24-sentabrdagi 605-son qaroriga muvofiq Toshkent to‘qimachilik va yengilsanoat institutida tahsil olib,Ijarada yashayotgan talabalarga yanvar oyi uchun oylik ijara to‘lovining bir qismi to‘lab berilayotganini ma’lum qilamiz. Ariza beruvchi tomonidan oyning7-sanasiga qadar arizalar mas’ullarga taqdim etilsin.Ushbu …