31-yanvar — Xalqaro zargarlar kuni munosabati bilan “Ramz Jewel” brendining asoschisi Ramziddin Azizovning shaxsiy koʻrgazmasi va mahorat darsi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda institut talabalari va professor-oʻqituvchilari ham mehmon boʻlishdi. Koʻrgazma davomida oʻzbek milliy zargarlik maktablari, ularning oʻziga xosliklari hamda zamonaviy modellarning milliy koloritga uygʻunlashuvi xususida maʼlumotlar berildi.

Nodir Musamuxamedov, Davlat Bojxona qoʻmitasi raisi oʻqinbosari.

“Bu maqtov emas, haqiqat — Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti nafaqat mamlakatimizda, balki butun Markaziy Osiyoda oʻz oʻrni va nufuziga ega boʻlgan oliygohdir. Toʻqimachilik yoʻnalishi boʻyicha kadrlar yetishtirib chiqarishda sizlarga teng keladigani yoʻq. Yurt tinchligi va xalqimiz faravonligi uchun sizlarning eng ilgʻor va zamonaviy labaratoriyalaringizdan biz bojxonachilar ham foydalanish niyatida. Keling, bir yoqadan bosh …

Institutda “Mirzo Ulugʻbek vorislari” tanlovi eʼlon qilindi.

Tanlovning 1-bosqichi fevral–mart oylarida tuman (shahar)larda oʼtkazilib, unda eng yuqori natijaga erishgan har bir tuman (shahar)dan 5 nafardan nomzod keyingi bosqichga oʼtadi. 1-, 2- va 3-bosqichlar gʻoliblari tegishli BHMning 5, 10 va 20 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti va diplom bilan taqdirlanadi hamda Respublika bosqichida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan ishtirokchi “Ulugʻbek” jamgʻarmasi tomonidan tashkil etilgan …

30-yanvar kuni Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi Markaziy bojxona laboratoriyasi bilan hamkorlik memarandumi imzolandi.

Uchrashuvda Bojxona qoʻmitasi davlat xavfsizligi va uning iqtisodiy barqaror rivojlanishi uchun eng ilgʻor texnologiya va innovatsion laboratoriyalardan foydalanish dolzarbligi, shuningdek, ushbu ezgu maqsadda TTYSI bilan hamkorlik qilish, unda mavjud ilmiy quvvatdan foydalanish Yangi Oʻzbekiston uchun har tomonlama manfaatli ekanligini taʼkidlandi. Institutimiz maʼmuriyati tomonidan hamkorlik doirasida qoʻmita xodimlari va TTYSI professor-oʻqituvchilarining xorijiy stajirovkalarini birgalikda oʻtkazish hamda …

Dizayn sohasida kreativ fikrlovchi iqtidorli yoshlarni aniqlash va ijodiy faolligini qoʻllab-quvvatlash, yosh dizaynerlarni jamoaga tanitish maqsadida “Durdona” koʻrik-tanlovini eʼlon qilamiz!

Koʻrik-tanlovning asosiy yoʻnalishlari: Koʻrik-tanlov ikki bosqichda amalga oshiriladi: 1-bosqich: Saralash (eskizlar, fotosuratlar yoki kiyim namunasi); 2-bosqich: Gʻoliblarni aniqlash (liboslar namoyishi); Har bir yoʻnalish boʻyicha eng faol ishtirokchilar uchun 3 ta sovrinli oʻrin va qimmatbaho sovgʻalar kafolatlanadi! SHOSHILING!!! Tanlov sizning bilim va iqtidoringizni jamoada namoyish qilishda zoʻr imkoniyatdir. Koʻrik-tanlov boʻyicha arizalar 2024-yil 28-fevralgacha qabul qilinadi! Manzil: …

Maʼmura Shirinova falsafa doktori ilmiy darajasi uchun dissertatsiya himoya qildi.

Shirinova Maʼmura Hikmatullayevna Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti huzuridagi ilmiy daraja beruvchi ilmiy kengashda dissertatsiya himoya qildi. Olima Tikuvchilik buyumlari texnologiyasi va kostyum dizayni ixtisosligi boʻyicha “Tananing tayanch yuzasidagi patologik oʻzgarishlarga ega bemorlar uchun kiyimni kompleks loyihalashni tadqiq qilish va ishlab chiqish” mavzusida ilmiy ish yoqladi. Ilmiy kengash olima dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilganini …

Rektor sovrini uchun “Oʻz biznesingni boshla” nomli tanlov eʼlon qilindi.

Ushbu bellashuvda ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalar oʻz biznes rejalari bilan qatnashadi. Gʻoliblikni qoʻlga kiritgan ishtirokchilar institut tomonidan kichik uskunalar bilan taqdirlanadi. 4-bosqich talabasi Dilshod Usmonaliyev loyiha koordinatori etib tayinlandi. Ishtirok etishni xohlovchi talabalar 2024-yil 20-fevralga qadar quyidagi manzillarga oʻz loyihalarini yuborishlari mumkin. @usm_d1lshod,@Xodjayeva0121

Nodira Shotursunova, Xalqaro hamkorlik ishlari boʻyicha prorektor.

“Tadqiqotlar natijalariga qaraganda, yaqin yigirma yildan soʻng toʻqimachilik sohasidagi deyarli barcha murakkab jarayonlar avtomatlashtiriladi. Davlatimiz rahbarining saʼy-harakatlari bilan ham soʻnggi olti yil ichida sohada juda katta oʻzgarishlar amalga oshirildi. Yangidan-yangi texnologiyalar oliy taʼlim tizimiga kiritilmoqda. Ammo ularning aksariyati tegishli korxonalarga yetib bormayapti. Ishlab chiqarish jarayonida ish oʻrgangan, professional tayyorgarlikdan oʻtmagan texnologlar va tahsil olishni endigina …

Milo Stevanovich, USAIDning Bozor tizimlarini oʻzgartirish boʻyicha partiya rahbari.

“Siz bilan yaqindan tanish emasligim menga xolis baho berish uchun katta imkoniyat beradi. Taʼkidlashim joizki, katta bir natijaga erishishimizga ishonaman. Xalqaro muloqot maydoni kabi loyihalar hali hech qayerda amalga oshirilmagan. Amerikalik professorlarning sizning institutingizda talabalarga dars berishi masalasi esa juda muhim va amalga oshirilishi real jarayondir. Zero, hamkasblarim taʼkidlaganidek, Markaziy Osiyoda yagona eng ilgʻor laboratoriyalar …