Donolar fikri

Tiliga hokim bo‘lmagan insondan – do‘st, ko‘ziga hokim bo‘lmagan insondan – yor bo‘lmas!       J. RUMIY Inson ixtiro qilgan eng samarali texnologik mexanizm – bu kitobdir!    NORTROP FRAY Tarbiya ta’limdan ustun turadi. Insonni tarbiya voyaga yetkazadi!                          G.SPENSER        Ustod debdir: — Bilimni ona qornidan olib tushmaganman; O‘tmish qonimda-yu, o‘qishdan to‘xtamasman!  KONFUSIY  Men besh yoshligimda onam doimo aytardilar, …

Donolar

Kishining qalbi uning qilgan ishlarida aks etadi G.Ibsen Nima uchun ko‘cha harakati qoidasini buzgan kishiga militsiya hushtak chaladi-yu, butun bir tilni buzayotgan odamlarga hech kim hushtak chalmaydi. A.Qahhor “Ba’zan xayol olib ketadi. O‘tgan yo‘llaringga, bosgan izlaringgga qaraysan. Kimlar yurgan yo‘llardan kelding, kimlar bosgan izlarni bosding, hamma hammasini ko‘rasan. Yorqin umidlar bilan yo‘lga otlangan hamrohlaring qani, …

Abulqosim Firdavsiy

Yomonlikni aslo aylama odat,Ozga qanoat qil, ochlikka toqat. Baland saroy qurib qilgandan obod,Yaxshidir bir g‘arib dilin qilsang shod. Kimki to‘g‘rilikni o‘ylamas dildan,Nafratga sazovor ul kishi chindan. Xudo ne’matlarin oliysi idrok,Aqlni vasf etar, kimki dili pok. Aql yo‘l ko‘rsatib, dilni etar shod,Har ikki olamda aqlli obod. Agar aqli xira bo‘lsa har inson,Shodlikka erisha olmas bir zamon. …

Jak Iv Kusto

Eng ezgu, eng katta sovg‘a – bu tabassum bilan berilgan sovg‘adir Imkonsiz tuyulgan ishlarni uddalashni muvaffaqiyat deyish mumkin Birinchi qadamni tashlashga qiziquvchanlik turtki beradi, uning ortidan esa ilm ergashadi Haqiqiy boylik – hayotning o‘zi va qizg‘in faoliyatdir Suvda yoki quruqlikda bajarayotgan amallarimizning qadr-qiymati boylikka intilish bilan emas, insonga hurmat ko‘rsatish bilan baholanishi kerak. Dengiz ustida …

Zahriddin Muhammad Bobur

Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidur, Har kimki jafo qilsa, jafo topqusidur. Yaxshi kishi ko‘rmag‘ay yomonlig‘ hargiz, Har kimki yamon bo‘lsa, jazo topqusidur Ko‘nglingni dinlarning muhokama maydoniga aylantirma. Adolat o‘rnatishda insonlarning e’tiqodiga chuqur hurmatda bo‘l Shafqatsiz kishi azobga loyiqdir Yaxshi kishilarni Yaratgan yaxshi do‘stlar bilan siylaydi Davlat uchun ko‘ngulni zor etma, izzat uchun o‘zungni xor …

Amir Temur

Qilmoqchi bo‘lgan ishlarini qilmasdan qoldirmasinlar. Agar biror ishni qilmaslikka so‘z berar ekanlar, yaqiniga ham yo‘lamasinlar. Xotirdan chiqmasinkim, Tangri taolo jasur kishilarni ardoqlaydi!  Amir Temur Kuch adolatdadir Ishbilarmon mardlik va shijoat sohibi, azmi qat’iy, tadbirkor va hushyor bir kishi ming-minglab tadbirsiz, loqayd kishilardan yaxshidir Nomussiz hayotdan, nomusli o‘lim yaxshi Garchi ishning qanday yakunlanishi taqdir pardasi ortida …