YANGILIK VA TADBIRLAR

FORUM DOIRASIDAGI JARAYONLAR

2
Hammamizga ma’lumki joriy yilning 7-8 oktabr kunlari Mirzo Ulug‘bek nomidagi О‘zbekiston Milliy universitetida “О‘zbekiston-Fransiya ta’lim Forumi” bo‘lib o‘tdi.
Azal-azaldan O‘zbek xalqini butun dunyoga tanitadigan ajoyib xislatlaridan biri bu – mehmondo‘stligidir. Yurtimiz mana shunday mehmondo‘stligi, bag‘rikengligi, qolaversa ko‘ngli ochiqliligi bilan boshqa xalqlar orasida juda mashxurdir. Shu munosabat bilan mamlakatimizga tashrif buyurgan Fransiya davlatining vakillari katta hurmat va ehtirom bilan kutib olindi.
Forum doirasida samimiy suhbatlar, о‘zaro hurmat va esdalik uchun jarayonlar bilan birgalikda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti rahbariyati tomonidan ajoyib tushlik ham tashkil qilindi. Mehmonlarning kayfiyatlari a’lo darajada bo‘lib, “Endi biz sizlarni yurtimiz Fransiyada kutib qolamiz” – deya alohida ta’kidladi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!