Yakkasaroy tuman sektor rahbarlari tumanda joylashgan Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti hamda O‘zbekiston davlat xoreografiya akademiyasining talabalar yotoqxonasida yashayotgan yoshlar bilan uchrashdilar.
Uchrashuv ortiqcha rasmiyatchiliklarsiz, samimiy suhbat tarzida o‘tdi. Yakkasaroy tuman hokimi, tuman prokurori, tuman IIO FMB boshlig‘i, tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i talabalar bilan ochiq suhbatlashib, so‘nggi paytlarda yoshlarimizning ilm-fan, sanʼat, sport va boshqa sohalarda erishayotgan yutuqlarini, g‘oya va tashabbuslarini eʼtirof etdi.
Uchrashuv davomida talaba yoshlar o‘zlarini qiynab yurgan, muammo va taklif istaklari bilan tuman sektor rahbarlariga murojaat qildilar.
Uchrashuv davomida tuman hokimi talabalarning yashash sharoitlari bilan tanishib, ularga oshxonaga gaz plitasi, talabalar yotoqxonasining sport zalini taʼmirlab berish, hamda talabalar turar joylarida bepul Wi-Fi zonalari tashkil etib beriladigan bo‘ldi.
So‘nggi yangiliklar
Yangilik va tadbirlar
Karnay va surnay sadolari ostida bayram tantanasi boshlandi.
Posted on
Yangilik va tadbirlar
2-aprel kuni institutimizda “Olam nurga toʻlsin, sen bilan Navroʻz!” nomli katta bayram tantanasi boʻlib oʻtadi.
Posted on
Yangilik va tadbirlar
27-mart kuni institut boshqaruv apparatining navbatdagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi.