YANGILIK VA TADBIRLAR

ILMIY DARAJA MUBORAK BO‘LSIN!

23
Joriy o‘quv yilida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida Ilmiy daraja va Ilmiy unvonlarni qо‘lga kiritgan bir guruh professor-о‘qituvchilarga ilmiy daraja va unvonlarni tasdiqlovchi diplomlar tantanali taqdim etildi.
Jumladan, Matbaa texologiyasi fakulteti “Kimyoviy texnologiya” kafedrasi assistenti Irmatova Muxarram Batirovna 05.06.02 – “Tо‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xom ashyoga dastlabki ishlov berish” ixtisosligi bо‘yicha texnika fanlari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi diplomiga ega bo‘lganligi sababli institut rektori Ilxom Sabirov tomonidan samimiy muborakbod etildi.
Muxarram Batirovnani yana bir bora institut jamoasi nomidan tabriklaymiz. Ilmiy faoliyatning eng yuqori cho‘qqisini zabt etishlarini tilab qolamiz.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!