Joriy yilning 25-fevral kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining 12-20-19 guruh talabasi M. Sayfiddinov va TDTU talabasi L. Amonova hamkorligida 147-maktab o‘quvchilari bilan uchrashuv tashkil qilindi. Uchrashuvda Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybekning “Qonli barmoqlar” hikoyasi batafsil yoritib berildi. Hikoya orqali urush davridagi qiyinchilik, ocharchilik yillari eslandi. Hozirgi kunlarimizga shukrona keltirib yashash lozimligi qattiq ta’kidlandi. Davlat rahbarining “Yangi O‘zbekiston – ma’rifatli jamiyat” konsepsiyasi asosida o‘quvchilarni bilim olishga targ‘ib qilindi va ularga motivatsiya berildi.
So‘nggi yangiliklar
Yangilik va tadbirlar
Karnay va surnay sadolari ostida bayram tantanasi boshlandi.
Posted on
Yangilik va tadbirlar
2-aprel kuni institutimizda “Olam nurga toʻlsin, sen bilan Navroʻz!” nomli katta bayram tantanasi boʻlib oʻtadi.
Posted on
Yangilik va tadbirlar
27-mart kuni institut boshqaruv apparatining navbatdagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi.