YANGILIK VA TADBIRLAR

A.N.Kosigin nomidagi Rossiya Davlat universitetiga institut xodimlarining tashrifi

photo_2022-03-11_09-24-14

Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida “MOSSHOES-2022” xalqaro ixtisoslashgan ko‘rgazmada ishtirok etgan Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining professor-o‘qituvshilaridan tashkil topgan jamoa M.Ilxamova, D.Zufarova va M.Shamsiyeva 2021-yilning 3-mart kuni A.N.Kosigin nomidagi Rossiya Davlat universitetiga tashrif buyurdi.

Qo‘shimcha ta’lim instituti direktori professori I.N.Ledenyova, Charm va mo‘yna texnologiyasi kafedrasi mudiri, dotsent O.Belitskaya, dotsent A.Fokina boshchiligida universitetda tashkil etilgan o‘quv jarayonlari, o‘quv-laboratoriyalari, Texnopark faoliyati hamda talabalarga yaratilgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishdilar.

Shu bilan birga, institut jamoasi bu jarayonlarni katta qiziqish bilan kuzatdi, tashrifdan katta tassurot olgan holda mazkur soha bo‘yicha kelajakda hamkorlikda bajarilishi mumkin bo‘lgan ishlarni rejalashtirib olishdi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!