YANGILIK VA TADBIRLAR

“Ogohlik va hushyorlik barcha uchun muhimdir!”

photo_2022-03-12_21-29-11

Mamlakatimizda yoshlarning salohiyatini namoyon qilish, ularning fuqarolik javobgarligini va olib borilayotgan islohotlarga daxldorlik hissini yanada oshirish, huqubuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikning oldini olish borasida bir qator amaliy ishlar amalga oshirilmoqda.

🖇Shu munosabat bilan 2022-yilning 12-mart kuni Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat institutiga IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati bo‘lim boshlig‘i M.Gʻ.Asqarov va
katta inspektor O.L.Yusupov hamda Yakkasaroy tumani IIB XPB profilaktika katta inspektori kapitan A.R.Tadjibayev tashrif buyurib, “Yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish” mavzusida profilaktik davra suhbati o’tkazildi.

Yoshlarning ogohlik va hushyorligini oshirish maqsadida tashkil etilgan mazkur tadbirda institutning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori A.E. Gulamov, fakultet dekan o’rinbosarlari, tyutor va talabalar ishtirok etishdi.

Uchrashuvda so’z olgan mehmonlar, bugungi kunda yoshlar tomonidan sodir etilayotgan huquqbuzarlik va jinoyat turlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining tegishli moddalari haqida batafsil ma’lumotlar berib o’tildi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!