YANGILIK VA TADBIRLAR

Xushxabar.

photo_2022-03-16_12-19-03

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining ilmiy salohiyati ko‘rsatkichi kun sayin o‘sib bormoqda. Buning isboti sifatida aytish joizki, institutda 2025-yilga borib ilmiy salohiyatni 70 % ga yetkazish maqsadida doktoranturaning qabul kvotasi 98 % ga oshdi. Natijada esa himoyalar soni 10 % ga oshishi evaziga ilmiy salohiyat darajasi 53 % ni tashkil etmoqda. 

O‘quv yurtining xodimlari bo‘lgan Yusupova Nodira Baxtiyarovna, Nabiyev Nabijon Donyorovich 05.06.02 ixtisosligi – “Tо‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” mavzusi, Bulanov Ismoiljon Abdulmo‘munovich 05.02.03 ixtisosligi – “Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari” mavzusi, Baymanov Habibullo Abdullayevich 10.00.06 ixtisosligi – “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik” mavzusi bо‘yicha dotsent ilmiy unvoniga ega bo‘ldilar. Shuningdek, Elmuratova Umida Farxadovnaga 07.00.01 O‘zbekiston tarixi ixtisosligi bo‘yicha – “O‘zbekiston ta’lim tizimiga innovatsiyalarning tadbiq etilish jarayonlari” mavzusida PhD ilmiy darajasi berildi.

Xodimlarning bunday yuksak natijalarni zabt etib borishi rahbariyatning faxri va yutug‘idir. Shu sababli institut rektori, texnika fanlari doktori Ilxom Kaxramonovich Sabirov tomonidan alohida e’tirof etilib, ularning faoliyat va kelgusidagi ilm sohasining eng yuqori cho‘qqilarigacha yetib borishiga kuch-g‘ayrat yor bo‘lishi haqida samimiy fikrlar bildirildi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!