YANGILIK VA TADBIRLAR

Mirzaobod texnologiya texnikumiga amaliy tashrif.

photo_2022-03-16_13-14-43

Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat instituti va Sirdaryo viloyatining Mirzaobod Texnologiya texnikumi о‘rtasida tuzilgan о‘zaro hamkorlik shartnomasiga asosan, joriy yilning 15-mart kuni “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda texnikum rahbariyatining taklifiga binoan institutning Marketing va talabalar amaliyoti bо‘limi boshlig‘i X.Xazratkulov ishtirok etib, texnikum bitiruvchilariga institutdagi mavjud yо‘nalishlar va abituriyentlarga berilayotgan imtiyozlar tо‘g‘risida ma’lumot berib o‘tdi. Shuningdek, texnikum bitiruvchilarini kasbga yо‘naltirish bо‘yicha ishlar olib borilib, bitiruvchilar institutga о‘qishga taklif etildi.

Ushbu amaliy uchrashuvda institutning faol ishtiroki uchun texnikum rahbariyati о‘z minnatdorligini izhor etib, hamkorlik shartnomasi doirasida kadrlarni maqsadli tayyorlash yuzasidan kelishib olindi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!