YANGILIK VA TADBIRLAR

Turkiya Respublikasining Ege universitetiga tashrif

photo_2022-03-16_14-58-55 (2)

Turkiya va О‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari о‘rtasida xalqaro hamkorlikni yanada rivojlantirish va ta’lim sohasidagi aloqalarni mustahkamlash hamda ikki davlat о‘rtasidagi shartnomalariga asoslanib, joriy yilning 9-12 mart kunlari Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat instituti rektori I.K.Sabirov rahbarligida institutning Ishlar boshqarmasi boshlig‘i B.N.Boboxо‘jayev, Charm buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi kafedrasi dotsenti M.U.Ilxamova Turkiya davlatining Ege universitetida xizmat safarida bо‘ldi.

Ushbu hamkorlik – ikki oliy ta’lim muassasasi о‘rtasidagi akademik va madaniy aloqalarni yanada rivojlantirish maqsadida amalga oshirilib, hamkorlik asosida ikki muassasada taklif qilinadigan barcha yо‘nalishlar va fanlar bо‘yicha ta’lim va tadqiqot faoliyatini о‘z ichiga qamrab oladi. Shuningdek, ikki о‘quv yurtining professor-о‘qituvchilari, ilmiy xodimlari, doktorant va talaba-yoshlarining о‘zaro almashinuvini ta’minlaydi.

Hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash va о‘zaro almashinuvni rivojlantirish maqsadida Turkiya Respublikasining Ege universiteti va Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat instituti о‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!