YANGILIK VA TADBIRLAR

Barhayot Oybek siymosi – yoshlar nigohida!

photo_2022-03-16_17-50-01

2022-yilning 16-mart kuni Adiblar xiyoboni muzeyida Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat instituti faoliyatiga biriktirilgan serqirra ijodkor Muso Toshmuhammad о‘g‘li Oybek siymosi haqida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Mazkur adabiy kechani Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlash bо‘yicha prorektor U.Abdullayev kirish sо‘zi bilan ochib berib, Oybek hayoti va faoliyati, adib ijodining yoshlar tarbiyasidagi o‘rni xususida o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.

Uchrashuvda О‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari M.Zohidova va M.Ramazonova, shuningdek, To‘qimachilik sanoati texnologiyasi fakulteti dekani T.Murodov ustoz-murabbiylar, tyutorlar va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

Yoshlar tomonidan Oybekning “Navoiy” romanidan parcha va “Oybeknoma” she’riy to‘plami mahorat bilan ijro etilib, yig‘ilganlar e’tiboriga havola etildi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!