YANGILIK VA TADBIRLAR

24-xalqaro “Ta’lim va mutaxassislik” kо‘rgazmasi

photo_2022-03-18_14-22-04

О‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi va “Expocontact” kompaniyasi tomonidan joriy yilning 18-19 mart kunlari Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida tashkil etilgan 24-xalqaro “Ta’lim va mutaxassislik” kо‘rgazmasida Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat instituti ham faol ishtirok etmoqda.

Mazkur ko‘rgazmada institutning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori A.Gulamov, Marketing va talabalar amaliyoti bо‘limi boshlig‘i X.Xazratkulov, bо‘lim bosh mutaxassisi T.Mayliyev va magistr talaba S.Azamjonovalar bevosita ishtirok etib, qatnashchilarga o‘quv yurtida mavjud ta’lim yо‘nalish va mutaxassisliklari hamda qо‘shma ta’lim dasturlari haqida axborot va ma’lumotlar berish orqali ularni institutga о‘qishga jalb qilish va yoshlarni kasbga yо‘naltirish ishlarini olib bormoqda.

Kо‘rgazma ishtirokchilari bо‘lgan o‘quvchi-yoshlar tomonidan institut faoliyatiga qiziqish katta bо‘lmoqda.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!