2022-yilning 18-mart kuni Latviya Liyepaye universiteti tashqi aloqalar bo‘limi boshlig‘i, Erasmus+ loyihalar koordinatori Patrik Morevs hamda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti rahbariyatining hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur uchrashuvda ikkala oliy o‘quv yurti o‘rtasida imzolangan memorandum ijrosi va kelgusi rejalar muhokama qilindi. Muzokara natijasida esa – har yili Latviyaning ikki nafar professor-o‘qituvchilari Erasmus+ loyihalarini yozish va taqdim etish bo‘yicha institutimizda seminarlar o‘tib berishi belgilandi.
Shuningdek, har ikki yilda Latviyaning Liyepaye universitetida o‘tkaziladigan Erasmus+ xalqaro haftaliklarida institut vakillarining ishtirok etishi, turdosh yo‘nalishlar bo‘yicha xalqaro malaka oshirish kurslarini va stajirovkalarini tashkil etish, xususan, oliy o‘quv yurtlarida o‘tkaziladigan xalqaro anjumanlarda olimlar va tadqiqotchilar ishtirokini ta’minlash masalalari kelishib olindi.
So‘nggi yangiliklar
Yangilik va tadbirlar
Karnay va surnay sadolari ostida bayram tantanasi boshlandi.
Posted on
Yangilik va tadbirlar
2-aprel kuni institutimizda “Olam nurga toʻlsin, sen bilan Navroʻz!” nomli katta bayram tantanasi boʻlib oʻtadi.
Posted on
Yangilik va tadbirlar
27-mart kuni institut boshqaruv apparatining navbatdagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi.