2022-yil 9-aprel kuni “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan O‘zbekistondagi sohaning yetakchi ishlab chiqaruvchi korxona mutaxassislari ishtirokida “Tadbirkorlikni to‘g‘ri boshlash va uni rivojlantirish” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.
Unda institut talabalari va professor-o‘qituvchilari faol ishtirok etishdi. Dastur bo‘yicha Toshkent shahridagi “Shayxontohur tekstil” hamda “Bakan tekstil” korxonalariga tur uyushtirilib, yoshlarga mutaxassislar tomonidan master-klass o‘tkazilib, korxona faoliyati tanishtirildi.
Seminar talabalarda tadbirkorlikni to‘g‘ri boshlash va uni rivojlantirish bo‘yicha tushunchalar paydo bo‘lishiga, shuningdek, professor-o‘qituvchilarda soha yangiliklaridan boxabar bo‘lishida katta yordam berdi.
So‘nggi yangiliklar
Yangilik va tadbirlar
Karnay va surnay sadolari ostida bayram tantanasi boshlandi.
Posted on
Yangilik va tadbirlar
2-aprel kuni institutimizda “Olam nurga toʻlsin, sen bilan Navroʻz!” nomli katta bayram tantanasi boʻlib oʻtadi.
Posted on
Yangilik va tadbirlar
27-mart kuni institut boshqaruv apparatining navbatdagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi.