YANGILIK VA TADBIRLAR

Turkiyaning “Shener” kompaniyasi mutaxassisidan mahorat darsi

photo_2022-05-27_21-11-16

Joriy yilning 26-may kuni Turkiyaning to‘qimachilik sanoati uchun bo‘yovchi moddalar ishlab chiqaruvchi “Shener” kompaniyasi texnolog mutaxassisi Aytach Aga ogli “Kimyoviy texnologiya” kafedrasining professor-o‘qituvchilari, doktorant, magistr va bakalavr talabalari uchun “Aktiv bo‘yovchi moddalarni pardozlash sanoatida qo‘llash istiqbollari” mavzusida dars olib bordi.

Aktiv bo‘yovchi moddalardan bo‘yash jarayonida foydalanishning diffuziyasi, kinetikasi va sorbsiya mexanizmi ilmiy asoslab berildi. Dars mashg‘ulotida korxona yetakchilari va tarjimon ham qatnashib, savol-javoblar qiziqarli va ma’lumotlarga boy tarzda o‘tdi. Kafedra professor-o‘qituvchilari va ilmiy tadqiqotchilari o‘rtasida ushbu kompaniya bilan hamkorlikda ilmiy ishlar olib borish rejalari tuzildi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!