YANGILIK VA TADBIRLAR

Bitiruvchi talabalar uchun davra suhbati

photo_2022-06-03_08-49-19

Joriy yilning 2-iyun kuni “O‘zstandart” agentligi Axborot tahlil va metodologik boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Umid Shojalilov, YeSTDF dekani Nodir Mirzayev, CHBKT kafedrasi mudiri Dilnoza Pazilova va bitiruvchi talabalar o‘rtasida davra suhbati tashkil etildi.

Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining (PQ-4335, PQ-4338) qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida, Standartlar instituti sohaga tegishli bo‘lgan xalqaro standartlarni respublikamizda joriy qilish malakasiga ega bo‘lgan mutaxassislarni ishga qabul qilish maqsadida ochiq tanlov e’lon qilinganligi haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, tanlovda ishtirok etishni bildirgan nomzodlar qanday malakaviy talablarga mos kelishlari haqida bitiruvchi talabalarga mahorat darsi olib borilib, kerakli maslahatlar berildi. Ushbu qiziqarli yig’ilish davomida «O‘zstandart» agentligining huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari, shu jumladan, xalqaro shartnomalari bo‘yicha huquqiy maqomi, respublikada olib borilayotgan islohotlar haqida ham to‘xtalib o‘tildi. Savol-javoblar orqali bitiruvchi talabalar “O‘zstandart” agentligi haqida kerakli ma’lumot va tavsiyalarga ega bo‘ldilar.

 

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!