YANGILIK VA TADBIRLAR

Iqtidorli talaba yutuqlari

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining “Yigirish texnologiyasi” kafedrasi 2-kurs magistr talabasi Temirov Sherzod Iskandar o‘g‘li “Bobek” milliy harakati birlashmasi tomonidan o‘tkazilgan MDHning “Eng yaxshi yosh olimi – 2022” xalqaro tanlovida ishtirok etib, I darajali diplom va ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Shuningdek, kafedra dotsenti Maxkamova Shoira Faxritdinovna rahbar sifatida tashakkurnoma bilan e’tirof etildi.

Iqtidorli talaba-yoshlarning harakatlari tufayli erishayotgan yutuqlari o‘quv yurti jamoasini birdek quvontiradi. Shu munosabat bilan joriy yilning 7-iyun kuni institut rektori, texnika fanlari doktori Sabirov Ilxom Kaxramonovich tomonidan samimiy qutlandi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!