YANGILIK VA TADBIRLAR

Yetakchi kompaniya mutaxassislari bilan uchrashuv

333

Joriy yilning 10-iyun kuni Xalqaro tо‘qimachilik asbob-uskunalari savdosi bilan shug‘ullanuvchi “Su Shi Kun SSK” kompaniyasining yetakchi mutaxassislari Yan Chin va He Long “Tо‘qimachilik matolari texnologiyasi” kafedrasi о‘quv laboratoriyalariga tashrif buyurib, mavjud jihozlar, ularni dars va ilmiy-tadqiqot ishlar jarayonida foydalanish bо‘yicha ma’lumot oldi. Shuningdek, professor-о‘qituvchilar bilan hamkorlik qilish, tajriba almashish, ilmiy loyihalar bо‘yicha ishlash, shartnomalar tuzish bо‘yicha suhbat o‘tkazildi. Tadbirda kafedra jamoasi va talabalar ishtirok etib, kafedra va kompaniya о‘rtasida hamkorlik aloqalari о‘rnatildi. Jumladan, kelajakda talabalarni ish bilan ta’minlash va о‘quv amaliyotlarini о‘tkazishda kompaniya amaliy yordam kо‘rsatishini alohida ta’kidladi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!