YANGILIK VA TADBIRLAR

Almata texnologiya universiteti talabalari amaliyoti yakunlandi

photo_2022-06-13_10-05-15

Qozog’iston Respublikasi Almata texnologiya universitetidan Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat institutiga amaliyot o’tash maqsadida tashrif buyurgan bir guruh talabalar “Kimyoviy texnologiya” kafedrasi katta o’qituvchisi PhD. M.Irmatova va doktorant Z.Islomova tomonidan Kor-Uz To’qimachilik Texnoparkidagi kimyoviy laboratoriyalar, pardozlash mini-sexi va ishlab chiqarish jarayonlari bo’yicha tushuntirish ishlari olib borilib, mahorat darsi o’tib berildi. Mazkur mashg’ulotda kafedraning 1-kurs magistrlari ham ishtirok etdi.

Amaliyot so’nggi kunida Institutning Xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektori S.Tashpulatov, bo’lim mutaxassisi S.Mamadjanova, mas’ul kafedra mudirlari, shuningdek, amaliyot o’tagan Almata texnologiya universiteti talabalari ishtirokida yig’ilish bo’lib o’tdi.

Ushbu uchrashuvda amaliyot yakuni bo’yicha fikr-mulohaza va takliflar xulosa qilinib, talabalar institut rahbariyati, professor-o’qituvchi, xodimlariga minnatdorlik bildirishdi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!