YANGILIK VA TADBIRLAR

Maktablar islohotida faollik ko’rsatgan xodimlar mehnati munosib taqdirlandi

photo_2022-06-14_16-13-11

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2022-yil 4-aprel kuni videoselektor yig‘ilishida barcha oliy ta’lim muassasalari umumta’lim o‘rta maktablaridagi holatlarni o‘rganish asosida o‘quvchi yoshlarning bo‘sh vaqtini samarali o‘tkazish va oliy ta’lim muassasalariga keng jalb etish vazifalari yuklatilgan.

Shu jumladan, Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutiga Yangiyo‘l shahri va tumanida joylashgan 69 ta umumta’lim maktablari biriktirilgan bo‘lib, amaldagi islohotlar jadallik bilan olib borilmoqda.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi va bir qator hamkor tashkilotlar tomonidan tashkil etilgan “KEMBRIDJ” usulidagi o‘quv kurslarida faol ishtiroki uchun 23 nafar institut professor-o‘qituvchi xodimlari sertifikat bilan e’tirof etilib, joriy yilning 14-iyun kuni taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.

Ushbu sertifikatga ega professor-o‘qituvchilar xalqaro trener maqomiga tenglashtirilib, respublika miqyosida tayyorlanadigan 1000 nafar trenerlardan hisoblanadi. Ularni tayyorlashdan asosiy maqsad esa maktab o‘qituvchilari bilim saviyasini yanada oshirish, yangi zamonaviy pedagogik mahoratlarni o‘rgatishdan iborat.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!