YANGILIK VA TADBIRLAR

Xalqaro hamkorlik

photo_2022-06-15_22-06-17 (2)

Joriy yilning 15-iyun kuni Xitoy davlatining Guanchjou shahrida joylashgan oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlikda onlayn xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Mazkur konferensiyada Guanchjou temir yo‘l kasb-hunar texnik universiteti, Guanchjou yengil sanoat kasb-hunar texnik universiteti, Guanchjou transport kasb-hunar texnik universiteti, Guanchjou ilm-fan va texnologiyalar hamkorlikni rivojlantirish assotsiatsiyalari hamda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Ushbu rasmiy yig‘ilishda institutdan vakil sifatida Xalqaro hamkorlik ishlari bo‘yicha prorektor Salix Tashpulotov boshchiligida bo‘lim mutaxassisi va kafedra mudirlari ishtirok etishdi.

Memorandum 3 xil yo‘nalishda: ta’lim, ilmiy-tadqiqot va innovatsiya bo‘yicha o‘tkazilib, unda akademik almashinuv, professor-о‘qituvchilarni tajriba almashishga keng jalb qilish, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, shuningdek, kelgusida rasmiy shartnomalar asosida talabalarga 2 tomonlama diplom berish maqsadi ko‘zda tutilgan.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!