YANGILIK VA TADBIRLAR

Tavallud muborak!

photo_2022-06-17_12-05-32

Joriy yilning 16-iyun kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti texnika fanlari doktori, professor, Maksudova Umida Mirzaraximovnaning tabarruk 80 yillik yubileyi munosabati bilan tantalanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuvda sohaning yetuk mutaxassislari, nufuzli mehmonlar faxriy ustozlar, “O‘zcharmsanoat” uyushmasi vakillari, Institut rektori Ilxom Sabirov, professor-o‘qituvchilar, ustoz-murabbiylar jamoasi ishtirok etib, tavallud ayyom bilan samimiy muborakbod etdilar.

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, Umida Mirzaraximovna “Charm buyumlari texnologiyasi va konstruksiyasi” kafedrasida oddiy assistentlikdan dotsent, professor, ilmiy-tadqiqot bо‘limining boshlig‘i lavozimlarida samarali mehnat qilib, 200 dan ortiq ilmiy va uslubiy maqolalar, darslik, о‘quv qо‘llanmalar muallifi sifatida kafedraning nufuzini oshirishdagi shijoati va tashabbuskorligi bilan barcha ziyolilar qatori institut jamoasi hurmatiga ega bo‘lgan. Faoliyati davomida mehnatsevar, butun umrini ta’lim-tarbiyaga baxshida etib kelayotgan sadoqatli ustoz, haqiqiy jonkuyar murabbiy sifatida 55 yillik ilmiy, nazariy va pedagogik faoliyatida yengil sanoat korxonalari uchun yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlab kelayotgan institutning jonkuyar xodimlardan biridir.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!