YANGILIK VA TADBIRLAR

Yaponiya davlati delegatsiyasi о‘quv va ilmiy laboratoriyalar bilan tanishdi

Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat institutiga Yaponiya davlati delegatsiyasi tashrifi rasmiy yig‘ilishi chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish bо‘yicha kelishib olinib, institutda mavjud о‘quv va ilmiy laboratoriyalar bilan tanishish istagini bildirdi.

Uchrashuv davomida vakillar institut faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida dastlab, “Formali kiyim-boshni loyihalashtirish bо‘yicha ilmiy laboratoriya”sida bо‘ldi. Shu bilan birga, “Yigirish texnologiyasi” va “Tо‘qimachilik matolari texnologiyalari”, “Ipak texnologiyasi” kafedralarining о‘quv laboratoriyasi, talabalar amaliyoti uchun yaratilgan sharoit va zamonaviy texnika va texnologiyalari bilan tanishdi. Eng sо‘nggi rusumdagi uskunalar bilan jihozlangan ushbu laboratoriyalarda paxta va kimyoviy tolalarni qayta ishlashdan tortib, ip yigirishgacha bо‘lgan texnologik jarayonlarning uskunlar ketma-ketligi, xususan, laboratoriyalarda magistratura, doktorant, ilmiy izlanuvchi talabalar ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishlari uchun barcha sharoitlar mavjudligining guvohi bо‘ldilar.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!