Poytaxtimizning Adiblar xiyobonida qad rostlagan ajdodlarimiz ruhini xotirlash, ular qoldirgan boy merosni asrab-avaylash maqsadida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti jamoasi tomonidan doimiy ravishda amaliy sayohatlar uyushtiriladi. Shu xususda, 2022-yilning 21-iyun kuni “Charm buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi”, “Yigirish texnologiyasi”, “Fizika va elektrotexnika”, “Kostyum dizayni” kafedrasi professor-o‘qituvchilari xiyobonga tashrif buyurdi Ushbu maskandagi buyuk adib Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybekning haykali poyida estalik uchun suratga tushilib, lirik she’rlari о‘qildi, hayoti va ijodi yana bir bor yodga olindi. Institut xodimlari Adiblar xiyobonidagi boshqa diqqatga sazovor joylarni ham kо‘rib, о‘zlariga bir olam ma’naviy zavq olib qaytishdi.O’tkazilib kelinayotgan bu kabi yuqori saviyadagi ma’rifiy tadbirlar ajdodlar xotirasini abadiylashtirish, yoshlarning ijodkorlik qobiliyatini oshirish, ma’naviyati va madaniyatini yanada yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
So‘nggi yangiliklar
Yangilik va tadbirlar
Karnay va surnay sadolari ostida bayram tantanasi boshlandi.
Posted on
Yangilik va tadbirlar
2-aprel kuni institutimizda “Olam nurga toʻlsin, sen bilan Navroʻz!” nomli katta bayram tantanasi boʻlib oʻtadi.
Posted on
Yangilik va tadbirlar
27-mart kuni institut boshqaruv apparatining navbatdagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi.