O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi Vasiylik Kengashi qaroriga asosan Yurtimizning bir guruh fidoyi insonlari mehnat faoliyatini yanada ulug‘lash maqsadida “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Xususan, ular orasida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining professorlari – Azimjon Parpiyev, Fatima Nigmatova hamda Dilfuza Xudayberdiyevalar mamlakatimizning yuksak ishonchi va e’tirofiga loyiq topildi.
Ustozlarni e’zozlash, ularga hurmat bajo keltirilgan holda 2022-yilning 28-iyun kuni Institut rektori Ilxom Kaxramonovich Sabirov hamda prorektor, dekan, kafedra mudir va bo‘lim boshliqlari, professor-o‘qituvchi va xodimlar jamoasi tomonidan tantanali tadbir tashkil etilib, samimiy qutlandi.
Yuksak mukofot muborak bo‘lsin, hurmatli ustozlar!
So‘nggi yangiliklar
Yangilik va tadbirlar
Karnay va surnay sadolari ostida bayram tantanasi boshlandi.
Posted on
Yangilik va tadbirlar
2-aprel kuni institutimizda “Olam nurga toʻlsin, sen bilan Navroʻz!” nomli katta bayram tantanasi boʻlib oʻtadi.
Posted on
Yangilik va tadbirlar
27-mart kuni institut boshqaruv apparatining navbatdagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi.