Joriy yilning 29-sentabr kuni Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat institutining “Xalqaro hamkorlik” bo’limi hamda Hindistonning Nyu-Deli shahrida joylashgan Milliy moda texnologiyalari instituti (NIFT) ma’sul hodimlari bilan birgalikda Zoom platformasida uchrashuv tashkil etildi. Ushbu onlayn uchrashuvda Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti rektor maslahatchisi Dilyara Shayxutdinova, Xalqaro hamkorlik ishlari bo’yicha prorektor Salix Tashpulatov va bo’lim hodimi Surayyoxon Mamadjanovalar institut nomidan ishtirok etdilar. Mazkur uchrashuv har ikki institutning o’zaro mos keluvchi yo’nalishlari bo’yicha ishlash, ilmiy-amaliy tadqiqotlarni olib borish, professor òqituvchi va talabalarni akademik ta’lim almashinuvini hamda IT texnologiyalarni o’quv jarayonida keng tatbiq etish bo’yicha muzokaralar bo’lib o’tdi va kelishuv shartlari belgilab olindi.
So‘nggi yangiliklar
Yangilik va tadbirlar
Karnay va surnay sadolari ostida bayram tantanasi boshlandi.
Posted on
Yangilik va tadbirlar
2-aprel kuni institutimizda “Olam nurga toʻlsin, sen bilan Navroʻz!” nomli katta bayram tantanasi boʻlib oʻtadi.
Posted on
Yangilik va tadbirlar
27-mart kuni institut boshqaruv apparatining navbatdagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi.