Joriy yilning 29-sentabr kuni Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti “Yengil sanoat texnologiyasi va dizayn” fakulteti tyutorlari M.Aripdjanova, Z.Yesebekova va Institut “Xotin -qizlar kengashi a’zosi X.Abdunosirovalar birgalikda 1-talabalar turar joyiga tashrif buyurib talabalarning yashash sharoiti bilan tanishdilar.
Talaba qizlar uchun “Qiz bolaning kasbi uning baxti” ,”Qiz bola sha’ni – qiz bola obro’si’ mavzularida davra suhbati tashkil etdilar. Suhbatda “Xotin -qizlar” kengashi a’zosi X.Abdunosirova tomonidan har bir talaba qiz o’z xonalarini ozoda saqlashi, tartib-intizomli bo’lishi va kiyinish madaniyati, muomala madaniyati qoidalariga qat’iy rioya qilishlari kerakligini aytib o’tdi. Talaba qizlar bo’lib o’tgan suhbatdan o’zlariga kerakli bilim va ko’nikmalarga ega bo’ldilar.
So‘nggi yangiliklar
Yangilik va tadbirlar
Karnay va surnay sadolari ostida bayram tantanasi boshlandi.
Posted on
Yangilik va tadbirlar
2-aprel kuni institutimizda “Olam nurga toʻlsin, sen bilan Navroʻz!” nomli katta bayram tantanasi boʻlib oʻtadi.
Posted on
Yangilik va tadbirlar
27-mart kuni institut boshqaruv apparatining navbatdagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi.