Assalomu aleykum!
Hurmatli talaba-yoshlar!
Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti Yoshlar ittifoqi o’z safini kengaytirish maqsadida sizdek iqtidorli talabalar orasidan o’z yetakchilarini tanlab olishi uchun qabulni boshladi.
Bizda quyidagi yetakchiliklar mavjud:
Faol va iqtidorli yoshlar bilan ishlash yo’nalishi yetakchisi
Tashabbus va yoshlar tadbirkorligi yo’nalishi yetakchisi
Ta’lim jarayoni sifatini monitoring qilish yo’nalishi yetakchisi
Muddatli harbiy xizmatni o’tab, o’qishga qabul qilingan talabalar bilan ishlash yo’nalishi yetakchisi
Yoshlar yetakchisining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosar
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va yoshlar turizmi yo’nalishi yetakchisi
Sport, salomatlik yo’nalishi yetakchisi
Ijtimoiy himoyaga muhtoj va imkoniyati cheklangan talabalar bilan ishlash yo’nalishi yetakchisi
Tashkiliy-nazorat va kadrlar yo’nalishi yetakchisi
Matbuot kotibi, yoshlar media guruh rahbari
Talabalar murojaatlari bilan ishlash yo’nalishi yetakchisi
Kerakli hujjatlar:
-
pasport nusxasi
-
2 dona 3×4 rasm
-
maʼlumotnoma