Joriy yilning 28-oktabr kuni Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti Magistratura bo’limi va “Tabiiy tolalarni dastlabki ishlash texnologiyasi” kafedrasi tashabbusi bilan magistrlar, doktorantlar fakultet professor-o’qituvchilari uchun “Antiplagiat tizimlarini ilm va ta’lim jarayonlariga ta’siri” mavzusida ilmiy-amaliy dars tashkil etildi. Ushbu darsni Varshava(Polsha) Iqtisodiyot universitetidan kelgan “Plagiat.pl” kompaniyasi rahbari, doktor Ali Taxmazov va menejerlar Dinara Bastaubayeva hamda Akmaral Ko’jiyevlar (Qozog’iston) olib borishdi. Institut professor-o’qituvchilari amaliy darsda yangi bilim va tajribalarga ega bo’ldilar. Bo’lib o’tgan ilmiy-amaliy dars hamma uchun juda kerakli va foydali bo’ldi.
So‘nggi yangiliklar
Yangilik va tadbirlar
Karnay va surnay sadolari ostida bayram tantanasi boshlandi.
Posted on
Yangilik va tadbirlar
2-aprel kuni institutimizda “Olam nurga toʻlsin, sen bilan Navroʻz!” nomli katta bayram tantanasi boʻlib oʻtadi.
Posted on
Yangilik va tadbirlar
27-mart kuni institut boshqaruv apparatining navbatdagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi.