Joriy yilning 29-noyabr kuni Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat instituti “Tikuv buyumlarini konstruksiyalash va texnologiyasi” kafedrasi professor-o’qituvchilari Yakkasaroy tumani “Qushbegi” MFY faollari bilan birgalikda mahalla hududida yashovchi yosh avlodni ma’naviy barkamol inson bo’lib yetishishlari, ularni kelajakda o’z o’rnilarini topishlariga ko’maklashish maqsadida davra suhbati tashkil etishdi. Unda yoshlarga “Kiyinish madaniyati” bo’yicha, kiyinishning ommaviy madaniyatga ijobiy va salbiy ta’sirlari hamda bugungi kunda institutda tashkil etilgan yangi yo’nalishlar bo’yicha ma’lumotlar berdilar. Suhbat davomida yoshlarning fikr-mulohazalari eshitildi va berilgan savollarga ma’sullar tomonidan yetarlicha javob berildi.
So‘nggi yangiliklar
Yangilik va tadbirlar
Karnay va surnay sadolari ostida bayram tantanasi boshlandi.
Posted on
Yangilik va tadbirlar
2-aprel kuni institutimizda “Olam nurga toʻlsin, sen bilan Navroʻz!” nomli katta bayram tantanasi boʻlib oʻtadi.
Posted on
Yangilik va tadbirlar
27-mart kuni institut boshqaruv apparatining navbatdagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi.