YANGILIK VA TADBIRLAR

6 dekabr kuni Shanxay matbaa va noshirlik kolleji prezidenti – janob Chen Bin bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

6 dekabr kuni Shanxay matbaa va noshirlik kolleji prezidenti – janob Chen Bin bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda tomonlar hamkorlik doirasida qator kelishuvlarni muhokama qilishdi. Ular jumlasidan, Poligrafiya kurslarini tashkil etish va soha yo‘nalishlariga oid ilmiy maqola hamda o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni chop etish; Ikki oliy o‘quv yurti professor-o‘qituvchilarining ikki mamlakataro amaliyot o‘tashlari uchun almashinuv dasturlarini tashkil etish va muntazam faoliyat olib boradigan matbaa seminarlarini yo‘lga qo‘yish rejalashtirildi. Suhbatdan so‘ng, Shanxay matbaa va noshirlik kolleji tomonidan “Bir yo‘l – bir makon” dasturi doirasida TTYSIda “Bi Shen ustaxonasi” laboratoriyasi ochilishi uchun investitsiya qo’lga kiritildi. Uchrashuv so‘ngida institut vakillari tomonidan hamkorlikda Osiyo mamlakatlari matbaachilar assotsiatsiyasini tashkil etish taklifi berildi. Bunga ijobiy javob bergan janob prezident institut rektori va prorektorlarini o‘zlarining bilim yurtlarida kutib qolishlarini taʼkidlashdi.

 

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!