YANGILIK VA TADBIRLAR

Eʼlon

Hurmatli bakalavr va magistratura yo‘nalishidagi talabalar, doktorantlar va ilmiy tadqiqot olib boruvchilar, kafedra mudirlari va ilmiy xodimlari, orangizda Xitoy Xalq Respublikasida talabalar almashinuvi, yozgi taʼlim dasturlari, qo‘shma tadqiqot olib borish yoki magistratura yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olmoqchi bo‘lganlar bo‘lsa, eʼlon qilinajak grantlar, yaratib beriladigan sharoitlar va qabul uchun shartlar xususida batafsil maʼlumotga ega bo‘lish hamda universitet vakillarini bilan yuzma-yuz ko‘rishish imkoniyatiga egasiz.
Buning uchun barchangizni 11 dekabr kuni, soat 09:00 dan 17:00 gacha Xitoyning 45 ta universiteti tomonidan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi INNOTEXNOPARKda tashkil etilayotgan ko‘rgazmasiga taklif etamiz. Ko’rgazma o’zbek, ingliz va xitoy tillarida bo’lib o’tadi.
Tashrif buyuruvchilar XXR universitetlarining o‘qish tartibi, taʼlim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari, o‘qish muddatlari va shart-sharoitlari bilan tanishtiriladi. Ko‘rgazma davomida Xitoyning turli universitetlari bo‘yicha taqdimot materiallari ham namoyish etiladi.

Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Qamarniso ko‘chasi 2.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!