YANGILIK VA TADBIRLAR

Tavallud ayyomingiz qutlugʻ boʻlsin.

Nodira

Institutning birinchi binosi birinchi qavat chap tomondagi “Rektorat” xodimlari uchun ajratilgan uzun yoʻlakdan yurib, 203-xonaga qadam ranjida etsangiz, har gal bahs-munozaralar yoki qabulxonada yordamchi qizlarning yonida kimdir oʻz navbatini kutib turganiga guvoh boʻlasiz.

Bu xonada ishlanadi, zahmatli mehnat qilib, ter toʻkiladi. Hamma ishini tugatib, xonasi eshiklariga qulf osib, birinchi binodan chiqib ketadigan har qanday institut xodimi — xoh oʻqituvchi boʻlsin, xoh biror boʻlim boshligʻi ushbu xonaning chiroqlari hamon yoniqligini koʻrishi mumkin. Shaxsan kamina ham hali biror marta xonada chiroq oʻchganidan soʻng uy-joyim qaydasan, deb gumbaz ostidan oʻtmagan… Gap kim haqida ketayotganini taxmin qilgandirsiz, hurmatli talaba, ustoz-muallim?..

Bugun sadagʻang ketsa arziydigan inson, qisqa vaqt ichida barchamiz uchun qadrdonga aylanib, institut faoliyatida va hayotida oʻzining mustahkam oʻrniga ega boʻlib ulgurgan ayol — Shotursunova Nodira Nosirovnaning tavallud kuni.

Insonni qachon boshqalar yaxshi soʻz bilan yodga oladi? Odamiy qachon atrofdagilari oldida qadr-qimmat topadi? Cheksiz sadoqat bildirganidami, jonini jabborga berib mehnat qilganidami yoki himmat koʻrsatib mehr berganidami? Bu savollarning bariga ha deb javob berish mumkinmi? Boʻlmasamchi! Nodira Nosirovna axir bu savollarning tirik javobi va siymosi emasmi?

Hurmatli Nodira Nosirovna, taqdir sizni koʻp suyadi shekilli… Siz onasiz, yorsiz, ustozsiz. Bugungi kunga kelib esa ayni oʻsha taqdir sizni olima qildi, toʻqimachilik instituti faoliyati bilan yoʻlingizni bogʻlab, prorektor ham qildi. Umid qilamizki, ushbu dargohdagi rizqingiz hali ulugʻ, koʻp yillar bizni fidokorligingiz, mehringiz va mehnatingiz bilan siylaysiz.

Hamkasblaringiz va institutning jamoasi nomidan sizga sihat-salomatlik, uzoq va mazmunli umr, oilaviy baxt va kasbda barkamollik tilaymiz. Tavallud ayyomingiz qutlugʻ boʻlsin.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!