YANGILIK VA TADBIRLAR

Hurriyatga erishib, erkinligini butun dunyoga ovoza qiladigan davlat borki, albatta, Vatanining shonli tarixi, buguni va kelajagi, orzu-intilishlarini mujassam etgan davlat ramzlarini qabul qiladi

Безымянный-1

Hurriyatga erishib, erkinligini butun dunyoga ovoza qiladigan davlat borki, albatta, Vatanining shonli tarixi, buguni va kelajagi, orzu-intilishlarini mujassam etgan davlat ramzlarini qabul qiladi.

Bugun butun xalqimiz 1992-yil 10-dekabr kuni Oliy Kengashning oʻn birinchi sessiyasida qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining davlat madhiyasi” toʻgʻrisidagi qonunning 31 yilligini nishonlayapti. Ushbu madhiyada xalqimizning boshidan kechirgan erksiz kunlari, uning asl qudrati va shonli kelajagi mujassam boʻlgan.

Bu kun — ulugʻ kun, oʻzini shu muqaddas yurt farzandiman, men taqdirimni ona Vatanim taqdiridan ayro koʻrolmayman, uni mehribon onamday, otamday sevib ardoqlayman, asrayman, degan har bir oʻzbek, Oʻzbekiston fuqarosining, vatandoshlarimizning bayramidir. Negaki, bizning onamizga boʻlgan sevgimiz mehrimizda namoyon boʻlganiday, ona Vatanga boʻlgan muhabbatimiz, avvalo, sadoqatimizda namoyon boʻladi.

Hurmatli vatandosh, hamkasb, ustoz-muallim va qadrli talaba, barchangizni davlatimiz madhiyasi qabul qilinganining 31 yillik shodiyonasi bilan muborakbod etaman.

Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti rektori D. Vaxabov.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!