YANGILIK VA TADBIRLAR

TTYSI va Koreya oliygohlarida oʻrtasida “2+2” oʻquv dasturi tashkil etiladi.

🇰🇷15-dekabr kuni “KOICA” xalqaro hamkorlik agentligining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda tomonlar TTYSIning raqamlashtirish jarayonini boshlash hamda uning kelajakdagi istiqbollari xususida suhbat qurdi.

Hamkorlik oʻz ichiga koʻp qirrali innovatsion oʻzgarishlarni oladi:

  • onlayn tur;

  • kadrlar axborot tizimi;

  • elektron hujjatlash almashish tizimi;

  • elektron kutubxona tizimi;

  • oʻquv binolari monitoring;

  • institut mobil ilovasi va messenjeri;

  • multimedia markazi va hokazo.

Muzokaralar soʻngida institut talabalari manfaatlaridan kelib chiqqan holda faxriy professor Davron Vaxabov tashabbusi bilan Koreyaning toʻqimachilik va yengil sanoat sohalaridagi eng ilgʻor va reytingi baland oliy oʻquv yurtlari bilan TTYSI oʻrtasida “2+2” oʻquv dasturini tashkil etish boʻyicha kelishib olindi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!