Uchrashuv jarayonida ikki tomonlama xamkorlik doirasida illiq fikrlar bildirildi.
Shin Myung Seop, “KOICA”ning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi direktori:
“Mamlakatingizga 1995-yilda ham tashrif buyurgan edim. 28 yildan soʻng yana yurtingizga qadam qoʻyish nasib etdi. Ochigʻi oʻzgarishlar juda katta, rivojlanish jarayoni juda tezlashgan. Poytaxtda joylashgan bir qancha institut va universitetlar bilan hamkorligimiz bor. Ammo ularning sanoatga umuman aloqasi yoʻq. Siz bilan oʻrnatayotgan hamkorlik aloqalarimiz esa bizni oldimizga qoʻygan oliy maqsadlarimizga chorlaydi. Hurmatli Davron Vaxabov, institutingiz manfaatlarini, unda oʻzgartirilishi kerak boʻlgan jihatlarni bu qadar chuqur oʻrganganingiz tahsinga loyiq. Biz qilishimiz kerak boʻlgan ishlarni siz allaqachon qilib boʻlibsiz. Aminmanki, hamkorligimiz sharofati bilan tez orada yuksak natijalarga erishamiz”.
Davron Vaxabov, Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti rektori:
“Koreya bizning eng qadrdon maslakdoshlarimizdan biri. Biz doim hamkorlikda harakat qilganmiz. Kechagina bir qancha manfaatli hamkorlik bitimlari imzolangan edi. Bugun boʻlsa toʻqimachilik institutini toʻliq raqamlashtirish xususida bosh qotiryapmiz. Ishonchim komil, bu hamkorlik ham oʻzining samarali natijalarini beradi. Raqamlashtirish borasida yurtboshimiz tashabbusini amaliyotga koʻchirgan oliy taʼlim muassasalari safida boʻlishimiz esa men uchun sharafdir”.
So‘nggi yangiliklar
Yangilik va tadbirlar
Karnay va surnay sadolari ostida bayram tantanasi boshlandi.
Posted on
Yangilik va tadbirlar
2-aprel kuni institutimizda “Olam nurga toʻlsin, sen bilan Navroʻz!” nomli katta bayram tantanasi boʻlib oʻtadi.
Posted on
Yangilik va tadbirlar
27-mart kuni institut boshqaruv apparatining navbatdagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi.