“Bu institutni juda koʻp yetakchi tadbirkorlar bitirgan. Ularning muvaffaqiyat siri nazariy bilimlardan amaliyotda toʻlaqonli foydalana olganidadir.
Dual taʼlim tizimi asosida korxonamizga TTYSIning yetti nafar talabasi kelgan edi. Qisqa muddat oʻtganiga qaramasdan ular orasidan ikki yoshni rasman ishga oldik.
Barchangizga maʼlum qilmoqchimanki, 100 nafar talabani oʻz qanotimiz ostiga olishga tayyormiz. Ularga amaliy bilim berishda oʻz hissamizni qoʻshishimiz biz uchun katta mamnuniyatdir”.