YANGILIK VA TADBIRLAR

5 yanvar sanasida Xitoyning Changshu Texnologiya universiteti bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi

photo_2024-01-05_11-37-29

5 yanvar sanasida Xitoyning Changshu Texnologiya universiteti bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda 22 yanvar kuni Xitoyda bo‘lib o‘tadigan “O‘zbekiston va Xitoy Taʼlim forumi”da institutimiz rahbariyatining ishtiroki, “2+2” talabalar mobil almashinuv dasturi bo‘yicha yangi o‘quv yilida imzolanadigan hamkorlik memorandumi hamda Changshu universitetining mart oyidagi TTYSIga tashrifi masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, muzokaralar davomida qator manfaatli kelishuvlarga erishildi:
Yangi o‘quv yilida “2+2” almashinuv dasturi bo‘yicha Xitoyda tahsil oladigan talabalarga Changshu universitetining professor o‘qituvchilari Xitoy madaniyati va tili xususida bilim beruvchi bir oy davom etadigan o‘quv kurslarini tashkil etishadi;
Ikki oliygoh olimlari hamkorligida Kor-Uz Texnoparkida to‘qimachilik sohasining eng ilg‘or tadqiqotlarini muhokama qilish va ularning amaliy natijalarini tashkil etilgan zamonaviy laboratoriyalarda sinovdan o‘tkazish uchun davra suhbatlari va seminarlar tashkil etiladi.
Bundan tashqari, mustahkam do‘stlik va manfaatli hamkorlikni yangi darajaga chiqarish maqsadida nafaqat to‘qimachilik balki, institutimizda yangi tashkil etilgan innovatsion yo‘nalishlar bo‘yicha ham “2+2” taʼlim dasturi imzolanadi.

“O‘rtamizdagi hamkorlik yaratib bergan imkoniyatlari bilan qator natijalarga erishdik. Kirib kelgan yangi yilda aynan to‘qimachilik institut bilan ilk rasmiy uchrashuv o‘tkazishimiz va memorandum imzolashimizda qandaydir maʼno bordek. Ochig‘i, biz bundan juda mamnunmiz”
Ma Yusheng, Changshu Texnologiya universitetining Xalqaro ofis direktori

“Telegram tarmog‘ida muntazam ravishda institutingiz kanalini kuzatib boraman. O‘zgarishlar juda katta, rivojlanish yangi darajaga chiqqan. Bunda albatta, rahbarning, uning qilgan mehnatlarining beqiyos o‘rni bo‘lakcha”
Majidov Shohrux, “2+2” dasturi bo‘yicha CHTU koordinatori

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!