YANGILIK VA TADBIRLAR

7-fevral kuni Istanbul tijorat universiteti vakilari bilan onlayn uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda TTYSI hamda Istanbul tijorat universiteti bilan hamkorlik memorandumi loyihasini ishlab chiqish bilan bogʻliq harakatlar belgilab olindi.

Shuningdek, samarali olib borilgan muzokaralardan soʻng qator istiqbolli kelishuvlarga erishildi. Jumladan:

  • mexatronika va sanoat dizayn sohalarida qoʻshma taʼlim dasturlarini loyihalashtirish va amalga oshirish;

  • “Erasmus+” loyihasi doirasida hamkorlikda faoliyat olib borish;

  • professor-oʻqituvchilarning malakasini oshirishga qaratilgan onlayn va oflayn oʻquv dasturlarini ishlab chiqish;

  • joriy yilda Oʻzbekistonga ITU rahbariyati boshchiligidagi tashrifni tashkil etish hamda tashrif doirasida oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandumini imzolash;

Uchrashuv yakuniga koʻra, ITU vakillari Institut tomonidan berilgan takliflarni qoʻllab-quvvatlab, birgalikda hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini bayon etdi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!