YANGILIK VA TADBIRLAR

Xalqaro hamkorlik ishlari boʻyicha prorektor, iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (phd), dotsent Nodira Shotursunovaning “Kichik biznesda toʻqimachilik yoʻnalishini takomillashtirishda nazariy izlanishlar” mavzusidagi ilmiy maqolasi chop etildi.

opa

Jadal rivojlanib borayotgan iqtisodiyotimizda koʻproq tayyor mahsulot eksportiga eʼtibor berilmoqda. Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi ham bugungi kunda bozorni optimallashtirish va uni har qanday byurokratik toʻsiqlardan tozalash talabini qoʻydi. Shu bois bozor iqtisodiyotining eng zamonaviy va ilgʻor trendlarini va undagi oʻzbek milliy dinamikasini nazariy jihatdan tahlil qilish dolzarbdir.

“Inson rivoji va integratsiyasi Amerika ilmiy jurnali”da (American Journal of Science on Integration and Human Development) Xalqaro hamkorlik ishlari boʻyicha prorektor, iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (phd), dotsent Nodira Shotursunovaning “Kichik biznesda toʻqimachilik yoʻnalishini takomillashtirishda nazariy izlanishlar” mavzusidagi ilmiy maqolasi chop etildi.

Maqolada Yangi Oʻzbekistonning yangi ishlab chiqarish va eksport qilish siyosati hamda uning takomillashishida toʻqimachilik sohasining oʻrni nazariy tahlil qilinadi va dalillar bilan asoslanadi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!