Markaziy Osiyoda yetakchi va tayanch hisoblanmish Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat instituti о‘zining 90 yillik faoliyati davomida mamlakatimiz iqtisodiyotining muhim tarmoqlari – paxta tozalash, tо‘qimachilik va yengil sanoat korxonalari uchun nafaqat yuqori malakali, yetuk mutaxasis kadrlar tayyorlab berish, balki mazkur korxonalarda ishlab chiqarishni tashkil qilish, rejalashti-rish va boshqarish, mahsulot sifati va mehnat unumdorligini oshirish, texnik va texnologik asbob-uskunalarni yangilash, bu sohalar bо‘yicha ixtiro hamda kashfiyotlar yaratib, ishlab chiqa-rishga joriy etish bо‘yicha taklif, fikr va mulohazalar ham berib kelmoqda.

Institutning tashkil etilishiga о‘tgan asrning 20-yillarida Respublikamizda qurib ishga tushirilgan Farg‘ona tо‘qimachilik kombinati, Farg‘ona, Buxoro, Samarqand, Marg‘ilon pillakashlik fabrikalari, Marg‘ilon shoyi kombinati va «Atlas» ishlab chiqarish birlashmasi, Toshkent, Buxoro, Samarqand, Qо‘qon, Urganch, Andijon tikuv fabrikalari, Toshkent kо‘n zavodi, poyabzal fabrikasi, ishlab turgan kо‘plab paxta tozalash zavodlari, qurilishi boshlangan Toshkent tо‘qimachilik kombinati kabi yengil sanoat korxonalarini yuqori malakali mutaxassis kadrlar bilan ta’minlash zarurati asos bо‘ldi.

Bunga qadar mazkur korxonalar oliy ma’lumotli mutaxassislar bi­lan qisman О‘zbekiston Milliy universiteti (ToshdU) ning «Paxtani dastlabki ishlash» kafedrasi (1927-y.), 1929-yildan universitetdan ajralib chiqqan О‘rta Osiyo paxtachilik-irrigatsiya politexnika institutining tо‘qimachilik fakultetida, 1931-yildan О‘rta Osiyo mexanika-tex­nologiya instituti tо‘qimachilik fakulteti bazasida, asosan esa sobiq markazdan yuborilgan kadrlar hisobiga ta’minlangan.

О‘rta Osiyo mexanika-texnologiya institutida paxtani dastlabki ishlash va yigirish, tо‘quvchilik, ipak texnologiyasi bо‘yicha mutaxassislar tayyorlash yо‘lga qо‘yilgan edi. Mana shu institut va fakultet hamda mutaxassisliklar negizida alohida tо‘qimachilik institutini tashkil etish zarurati paydo bо‘ldi.

Shunday qilib, 1932-yil sentabrdan institut о‘z faoliyatini boshladi. Dastlabki yili institutda 2 ta fakultet: «Paxtani dastlabki ishlash» va «Mexanikaviy texnologiya» fakultetlari о‘z tarkibida 4 ta mutaxassislik, paxtani dastlabki ishlash, tо‘quvchilik, yigiruv va ipak texnologiyasi mutaxassisliklari bilan faoliyatini boshladi.

1932-33 о‘quv yilida institutga birinchi qaldirg‘ochlar sifatida 125 nafar talaba qabul qilindi. Xalq maorifi faollaridan bо‘lgan Amin Rahmatullayev institutga birinchi rektor etib tayinlandi.

1933-yilda tо‘qimachilik instituti tarkibiga О‘rta Osiyo mexanikaviy texnologiya institutining qо‘shilishi natijasida ilgari MTI yuqori kurs talabalari bо‘lgan yoshlardan institut о‘zining birinchi qaldirg‘och muhandislarini tayyorlab chiqardi.

1935-yilda institutning 4 qavatli о‘quv-laboratoriya binosi (bugungi 2-о‘quv binosi) va talabalar uchun 4 qavatli yotoqxona binosi foydalanishga topshirildi.

1940-yilda Toshkent tо‘qimachilik institutiga 1931-1939 yillarda faoliyat yuritgan va maxsus ma’lumotga ega bо‘lmagan ishlab chiqarish rahbarlari hamda tashkilotchilari tarkibidan paxta tozalash va tо‘qimachilik sanoati uchun malakali muhandis-texnolog va muhandis-iqtisodchilar tayyorlash bilan shug‘ullanadigan Toshkent sanoat akademiyasi, о‘quv binosi, moddiy-texnik bazasi hamda professor-о‘qituvchilari bilan qo‘shib berildi.

Bu vaqtga kelib institut nafaqat respublikamiz tо‘qimachilik va yengil sanoat korxonalari, balki qо‘shni Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Ozarbayjon, Turkiston, Mollova va boshqa respublikalar, hatto Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasining bir qator mamlakatlari uchun ham tо‘qimachi mutaxassislar tayyorlovchi yirik maskanga aylandi.

О‘tgan yillar davomida institut katta tarixiy yо‘lni bosib о‘tdi. Yildan-yilga о‘quv-laboratoriya bazasi mustahkamlanib bordi. Masalan, 1935-yilda institutda 6 ta ishlab chiqarish va 5 ta о‘quv laboratoriyalari, 5 ta  о‘quv kabineti, sport zali, kutubxona bо‘lgan bо‘lsa, 1960-yillarga kelib mos ravishda 8 ta ishlab chiqarish, 10 ta о‘quv-laboratoriyalari, 13 ta о‘quv kabineti faoliyat kо‘rsatdi. Axborot-resurs markazidagi kitoblar fondi 500 tadan 631 mingga yetdi.

1962-yilda, ya’ni institut tashkil etilganining 30 yilligida talabalar soni 4 mingga yetdi. Bu 1932-yilga nisbatan 32 barobar kо‘p edi. Professor-о‘qituvchilar soni esa salkam 200 nafarga yetdi.

Shuningdek, 1962-yilga kelib, institut tarkibida yengil tarmoqlari sanoat bо‘yicha bir qator yangi ixtisoslik va mutaxassisliklar ochilishi munosabati bilan institut nomiga «yengil sanoat» sо‘zi ham qо‘shildi. Natijada, institut faqat «tо‘qimachilik» emas, balki «tо‘qimachilik va yengil sanoat instituti» nomi bilan atala boshladi.

О‘tgan yillar davomida yangi fakultet va kafedralar ham ochildi. Jumladan, 1947-yilda «Sirtqi», 1955-yilda «Muhandis-iqtisodchi», 1958-yilda «Kechki», 1966-yilda «Yengil sanoat texnologiyasi», 1967-yilda «Kimyo-texnologiya», 1980-yilda esa «Mexanika» fakultetlari ochildi. Zero, bu davrda institut yuqori malakali muhandis-texnologlar tayyorlab beruvchi yirik о‘quv yurtiga aylangan edi.

Bu davrda talabalar uchun yana 3 ta talabalar uyi, 1973-yilda   6 qavatli yangi о‘quv binosi (hozrigi 1-о‘quv binosi), keyinchalik «Paxtani dastlabki ishlash» fakulteti о‘quv binosi qurib ishga tushirildi.

Talabalar soni muntazam ravishda oshib bordi. Jumladan, ularning soni 1990-yilda 1932-yildagi 125 nafardan 10897 nafarga yetdi. Biroq dastlabki yillarda talabalar orasida о‘zbeklar va boshqa mahalliy millat vakillari, ayniqsa, о‘zbek qizlarning salmog‘i kam edi. Buning ustiga mashg‘ulotlarning aksariyat qismi rus tilida olib borilar edi. Masalan, 1960-yilda salkam 3,5 mingta talabaning atigi 50 nafarini о‘zbek qizlari tashkil etardi xolos. 1970-80 yillar­da Farg‘ona vodiysida va Buxoro viloyatida qator tо‘qimachilik korxonalarining, xususan, Andijon va Buxoro tо‘qimachilik kombinatlari va kichik shaharlar hamda yirik aholi punktlarida ularning kо‘plab filiallari qurilishi natijasida institutning Namangan (1968-y.) va Andijon (1981-y.) shahobchalari tashkil etildi. Shuningdek, 1963-yilda tashkil etilgan Marg‘ilon о‘quv-konsultatsiya punkti 1968-yilga kelib kechki va sirtqi umumtexnika fakultetiga aylantirildi.

1932-2012 yillarda institutda sanoat tarmoqlari uchun 50 mingga yaqin yuqori malakali mutaxassislar tayyorlab berildi. Bular orasida Kuba, Mо‘g‘iliston, Afg‘oniston, Germaniya, Peru, Vetnam, Laos va qator Afrika davlatlarining 800 ga yaqin talabalari ham bor edi.

Shu davr ichida fakultetlar soni 2 tadan 6 taga yetdi. Kechki va sirtqi fakultetlar ham ochildi. Kafedralar soni esa 4 tadan 38 taga yetdi. Umuman, 1980-yillarda institut 13 ta mutaxassislik va 21 ta ixtisoslik bо‘yicha kadrlar tayyorlay boshladi. Talabalar uchun о‘zbek tilida о‘nlab dars­liklar, yuzlab uslubiy qо‘llanma, kо‘rsatma va tavsiyalar tayyorlandi.

1932-2020 yillarda institutda A. Raxmatullayevdan sо‘ng, F.S. Kungurseva, N.I. Truevsev, S.N. Nusratov, A.K. Inoyatov, Z.A. Abdullayev, M.A. Xojinova, T.R. Rashidov, B.G‘. Qodirov, M.F. Ahmedov, H.A. Alimova, A.P. Parpiyev, Q.J. Jumaniyazov, S.Z.Yunusov, B.O.Onorboyev,I.Q.Sabirovlar rek­torlik lavozimida faoliyat kо‘rsatishdi. 2022-yildan esa  D.A.Vaxabov institut rektori vazifasini bajarib kelmoqda.

B.A. Levkovich, M.T. О‘razboyev, A. Alimov, N.N. Nazarov, K.M. Man­surov, M.R. Razzoqov, G‘.J. Jabborov, X.Q. Qurbonov, Y.Q. Qirg‘izboyev, G.I. Boldinskiy, R.G‘. Mahkamov, M.M. Ma’rupov, S.X. Xusniddinov, M.M. Muhamedov, M.SH. Tojiyev va boshqalar kafedra va mutaxassisliklar asoschilari bо‘ldi.

1991-yil 31-avgustda О‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining e’lon qilinishi bilan institut tarixida yangi bosqich boshlandi. Mustaqillikning о‘tgan 30 yili ichida institut jamoasi ta’lim-tarbiya jarayonini zamon talablari darajasida qayta qurish, uni yanada takomillashtirib, samaradorligini oshirish, о‘quv-laboratoriya va kabinetlarini yangi, eng zamonaviy kompyuterlar, boshqa asbob-uskunalar bilan jihozlash, ta’lim-tarbiyada milliy qadriyatlar va xalq an’analariga alohida e’tibor berish, talaba-yoshlar ongiga mustaqillik va milliy istiqlol g‘oyasini singdirish kabi masalalarda jiddiy yutuqlarga erishdilar.

Eng muhimi, butun respublikamizda bо‘lganidek, institutda ham ta’lim-tarbiya ishlari partiyaviylik, sinfiylik va mafkuraviylikdan xolos etildi. Avvalo, ta’lim tizimiga milliy ruh berildi. Natijada, talaba-yoshlarga erkin fikrlash, о‘z ona tilida bilim olish, zamonaviy texnologik jarayonlar asosida bozor iqtisodi talablariga javob beradigan har tomonlama yetuk barkamol insonlar bо‘lib yetishish imkoniyatlari yaratildi.

О‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim tо‘g‘risida”gi qonuni asosida mamlakatimiz Prezidenti va hukumatining bevosita qо‘llab-quvvatlashi va otalarcha g‘amxо‘rligi natijasida barcha sohalarda bо‘lganidek, ta’lim tizimida ham tub islohotlar amalga oshirildi. Xususan, Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoat institutida ham jahon standartlari talabi darjasida kadrlar tayyorlash tizimiga о‘tildi.

Shunday qilib, mustaqillik yillarida institut yangidan tug‘ildi. Uning fakultet, kafedra va bо‘limlari qayta tashkil etildi. Bugun institutda “Paxta sanoati texnologiyasi”, “Tо‘qimachilik sanoati texnologiyasi”, “Yengil sanoat texnologiyasi va dizayni”, “Matbaa texnologiyalari”  fakultetlari, shuningdek, 22 ta kafedra faoliyat kо‘rsatmoqda. Bu fakultetlarda mos ravishda tо‘qimachilik va yengil sanoatining mashinasozlik, trikotaj, tо‘quvchilik, yigiruvchilik, tikuvchilik, poyabzal, paxta tozalash, kо‘nteri, ipakchilik tarmoqlari, shuningdek, kimyo, matbaa va qog‘oz sanoatlari uchun malaka­li bakalavr va magistrlar tayyorlanadi.

Mustaqillik yillarida institutda ta’lim tizimining jahon standartlariga mos ravishda tubdan qayta qurilishi natijasida mutaxassislar tayyorlashda yangi yо‘nalish – bakalavr va magistrlar tayyorlashga о‘tildi. 2000-yilda birinchi bakalavrlar tayyorlangan bо‘lsa, 2001-yilda dastlabki magistrlar institutni bitirib chiqdilar. Shuningdek, kadrlar tayyorlash masalasida yoshlar orasidan iqtidorli yoshlarni tanlab о‘qishga qabul qilishga katta e’tibor berilmoqda. Shu maqsadda institut huzurida  1 ta Akademik litsey tashkil qilindi. Ularga har yili 200-220 о‘quvchi qabul kilinib, institutga kirish uchun tayyorlanmoqda.

Bundan tashqari zamonaviy kompyuter markazi tashkil etildi. Bugun institutda 700 tadan ortiq kompyuterlar ishlab turibdi. Bunday zamonaviy kompyuterlar institutning barcha kafedra va bо‘limlarida ham mavjud bо‘lib, institut jahon internet tarmog‘iga ulangan. Bu xol masofadan turib о‘qitish va xorijiy axborotlarni tezlik bilan olishda qо‘l kelmoqda.

Mustaqillik yillarida institutning xalqaro aloqalari ham kengaydi. Bugun institut “Tо‘qimachilik Akademiyasi”, “Matbaa о‘quv yurtlari Assotsiatsiyasi”, “Ipak Assotsiatsiyasi” kabi nufuzli xalqaro uyushmalar a’zosi. U xorijiy mamlakatlarning 20 dan ortiq turdosh о‘quv yurtlari bilan mustahkam aloqalar о‘rnatgan. Bularning orasida Germaniyaning Berg, Belgiyaning Gent, Rossiyashshg Moskva tо‘qimachi-lik universiteti va matbaa universitetlari, Sankt-Peterburg Tо‘qimachilik va yengil sanoat instituti, Ivanovo Tо‘qimachilik akademiyasi, Kostroma tо‘qimachilik universiteti, Gretsiyaning Pirey texnologiya instituti va boshqalar bor.

Umuman, istiqlol yillarida institutning 400 dan ortiq talaba va о‘qituvchilari AQSH, Germaniya, Angliya, Belgiya, Gretsiya, Janubiy Koreya, Hindiston va boshqa davlatlar о‘quv markazlarida bо‘lishib amaliyotdan о‘tib qaytdilar. Uning natijalariga kо‘ra 30 dan ortiq о‘qituvchi va ilmiy xodimlar doktorlik dissertatsiyalarini himoya qildilar. Shu bilan birga davlat, firma, korxona va tashkilotlar buyurtmalari asosida mavjud muammolarni yechishga doir ilmiy izlanishlar doirasi kengaytirildi. Uning asosiy yо‘nalishlari aniqlab olindi. Bular: xomashyo sarfini tejashning yangi texnika va texnologiyalari; tо‘qimachilik materiallari va mahsulotlari yangi assortimentni yaratish; kiyim va poyabzal tayyorlashda iqlim sharoitini, milliylikni, demografik, gigiyenik, ergonomik va boshqa zamonaviy kо‘rsatkichlarni e’tiborga olish; paxta tozalash, tо‘qimachilik va yengil sanoat korxonalari marketingi va menejmentini olib borish va boshqalar. Shu yо‘nalishlarda 1000 dan ortiq buyurtmalar topshirilib, ishlab chiqarishga joriy etildi. Ularning 100 foizi patentlar bilan tasdiqlandi. 25 ta ilmiy-nazariy va amaliy konferensiyalar о‘tkazildi. 30 dan ortiq fan doktorlari, 200 ga yaqin fan nomzodlari tayyorlandi. Professorlar – K.E. Ergashev, H.A. Alimova, J.N. Akbarov,  M.Z. Abdukarimova, M.T. Hojiyev, A.YE. Lugachev va boshqalar tomonidan bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari ishlab chiqarishga joriy etilib, katta iqtisodiy samaradorlikka erishildi. Masalan, professor J.N. Akbarov rahbarligida elektr о‘tkazuvchan tola va uning asosida maxsus tо‘qimalar olish texnologiyasi yaratildi. Professor M.Z. Abdukarimova rahbarligida tabiiy ipakdan «Xon atlas» tо‘qimasini mustahkam bо‘yashni yangi texnologiyasi yaratilib, milliy gazlamamizning ichki va tashqi bozorda raqobat-bardoshligi oshirildi. Professor K.E. Ergashev rahbarligida paxta va nitron aralashmali import о‘rnini bosuvchi yangi tо‘qimalar olish masalasi kompleks hal etildi. Shuningdek, paxta tozalash mashinalari takomillashti-rildi, paxtani g‘aramlash, tozalash va tabiiy xususiyatlarini, sifatini saqlash, tolaning chiqishini kо‘paytirish, paxta tozalash zavodlarida ener-giyani tejash, paxta-ipak aralashmali gazlama, trikotaj va tayyor mahsulot-larning yangi turlarini olishning texnologiyalari yaratildi.

Mustaqillik yillarida institut professor-о‘qituvchilari, butun jamoa hamkorligida “Ta’lim tо‘g‘risida”gi qonunni hayotga  tadbiq  eta   borib, birinchilar qatorida dunyo andozalariga mos, kо‘p pog‘onali ta’lim tizimiga о‘tib, bakalavr va magistrlar tayyorlashni boshladilar. Bugungi bitiruvchilar mutaxassislikni, bozor iqtiso-diyoti qonuniyatlarini chuqur о‘rgangan, informatika tizimlarini, chet tillarni egallagan, har tomonlama yetuk kadrlardir. Institutni har yili bitirgan bakalavr va magistrlar tо‘la ish joylari bilan ta’minlanmoqda.

Bugungi kunda institutda 13 ta yо‘nalish bо‘yicha 46 nafar stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchi nomzodlik, 3 nafar katta ilmiy-xodim-izlanuvchi esa dissertatsiya ustida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Bundan tashqari professor-о‘qituvchilar tarkibidan yana 71 nafar kishi mustaqil tadqiqotchi sifatida 68 ta nomzodlik va 3 ta doktorlik    dissertatsiyasi ustida ishlamoqda.

Mustaqillik yillarida institutga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish kо‘paydi. Faqat 1995-2001 yillarda institutga 8 mln. AQSH dollariga teng miqdorda zamonaviy о‘quv asboblari, kompyuterlar keltirildi.

Institut о‘quv moddiy-texnika bazasini mustahkamlashda 2000-yil 10-noyabrda О‘zbekiston Respublikasi bilan Yaponiya hukumatlari о‘rtasida Yapo­niya hukumatining beg‘araz yordami bо‘yicha Toshkent tо‘qimachilik va yengil sanoati instituti о‘quv markazlarini takomillashtirish haqida almashuv notasining imzolanishi ayniqsa, katta ahamiyatga ega bо‘ldi. Bunga asosan institut umumiy qiymati  4 mln. AQSH dollariga teng bо‘lgan zamona­viy о‘quv qurollari va asbob-uskunalarini oldi.

Bu mablag‘lar hisobiga “Ipak texnologiyasi”, “Tо‘qima matolari  texnologiyasi”, “Charm buyumlari konsruksiyasi va texnologiyasi”, “Kimyoviy texnologiya” kafedralari qoshidagi о‘quv-amaliyot laboratoriyalari xorijiy kompaniya va firmalarning eng zamonaviy о‘quv dastgohlari va asbob-uskunalari bilan jihozlandi. Shuningdek, 2005-yilda “Yigirish texnologiyasi” kafedrasiga Germaniyaning “Truchler”, “Zinser”, “Volkman” firmalari uskunalari bilan jihozlangan yigiruv о‘quv laboratoriyasi о‘rnatildi.  Bundan tashqari, 2010 yilda “О‘zpaxtasanoat” uyushmasi homiyligida Paxta sanoati texnologiyasi fakultetining “Paxtani dastlabki ishlash” kafedrasi qoshida yangi mini paxta tozalash zavodi qurib ishga tushirildi.

Kelajagi buyuk Vatanimizga ma’naviy barkamol, komil insonlar – munosib mutaxassis – bakalavr va magistrlarni tayyorlash professor-о‘qituvchilar, butun institut jamoa a’zolarining yuksak va sharafli burchi bо‘lib qolaveradi.

error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!