YANGILIK VA TADBIRLAR

“METAL PROCESSING” KORXONASIGA TASHRIF

22

Joriy yilning 6-may kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining “Texnologik mashinalar va jihozlar” kafedrasi professor-о‘qituvchilari, 3b-19 guruhi talabalari va kafedra mudiri X.J.Abdugaffarov boshchiligida “METAL PROCESSING” korxonasiga tashrif buyurdilar. Uchrashuv davomida korxonadagi barcha texnologik jarayonlar bilan yaqindan tanishildi.

Talaba-yoshlar korxonadagi mavjud zamonaviy dastgohlarning ishlash jarayonini hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni kо‘rib, korxonadagi muhandislar bilan yaqindan suhbat qilishdi. Ayniqsa, ushbu korxonada muhandis-konstruktor lavozimida faoliyat yuritayotgan Toshkent to‘qimachilik va yengil sanaot institutining sobiq bitiruvchilaridan Rasulov Aziz talabalarga yetarlicha ishlab chiqarish bо‘yicha amaliy kо‘nikmalarni berib o‘tdi. Ushbu korxona bilan tanishuv talabalarda ijobiy ta’surot qoldirdi.

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!