Bugungi kunda adiblarimizning hayot yo‘llarini o‘rganish, ularning ijodi, ma’naviy merosini yoshlar ongiga singdirish, tariximiz qanchalar buyuk ekanligini anglash har bir inson oldida turgan ma’suliyatli vazifalardan biri hisoblanadi.
![](https://web.ttyesi.uz/wp-content/uploads/2021/05/1-17.jpg)
Shu munosabat bilan 2021-yilning 19-may kuni “Adiblar xiyoboni” maydonida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining Matbaa texnologiyalari fakulteti professor-о‘qituvchilari va talaba-yoshlari ishtirokida Muso Toshmuhammad о‘g‘li Oybek hayoti va ijodiga bag‘ishlangan navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir о‘tkazildi. Talabalar tomonidan Oybek ijodidan she’rlar aytildi, hayot yo‘llari esga olinib, asarlari sahna ko’rinishida namoyon bo‘ldi va yig‘ilganlar e’tiboriga havola etildi.
![](https://web.ttyesi.uz/wp-content/uploads/2021/05/2-22.jpg)