Joriy yilning 21-25 may kunlari Toshkent shahar hokimligi tomonidan о‘tkazilgan Besh tashabbus harakati festivali o‘tkazildi. Bunda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti “Pedagogika va jismoniy madaniyat” kafedrasi о‘qituvchisi S.Gafforov murabbiyligi ostida sportning stol tennis, badminton turlari bо‘yicha institut talabalari ishtirok etishdi.
Besh tashabbus doirasida katta festivalning sport musobaqalarida 18 yoshdan 35 yoshgacha bо‘lgan yoshlar о‘rtasida institutdan 10 nafardan ortiq sportchi talabalarimiz qatnashdi. Musobaqalar yakuniga kо‘ra quyidagicha о‘rinlar aniqlandi.
Stol tennisi1-tur:
1-о‘rin: YESTD fakulteti 9-18 guruh talabasi Baxtiyorov Nodir qо‘lga kiritdi.
Stol tennisi 2-tur:
1-о‘rin: PST fakulteti 3a-19 guruh talabasi Yusupov Sarvar qо‘lga kiritdi.
2-о‘rin: YESTD fakulteti 21-17 guruh talabasi Raximboyev Ulug‘bek qо‘lga kiritdi.
Badminton
1-о‘rin: YESTD fakulteti 21-17 guruh talabasi Raximboyev Ulug‘bek qо‘lga kiritdi.
Ushbu festivalda 100dan ortiq yoshlar orasidan institut talabalari faxrli о‘rinlarni egallab oligoh sha’nini yanada yuqorilarga kо‘tarishdi. Faxrli о‘rinlarni qо‘lga kiritgan talabalar qimmatbaho sovg‘alar va medallar bilan taqdirlandi.
So‘nggi yangiliklar
Yangilik va tadbirlar
Karnay va surnay sadolari ostida bayram tantanasi boshlandi.
Posted on
Yangilik va tadbirlar
2-aprel kuni institutimizda “Olam nurga toʻlsin, sen bilan Navroʻz!” nomli katta bayram tantanasi boʻlib oʻtadi.
Posted on
Yangilik va tadbirlar
27-mart kuni institut boshqaruv apparatining navbatdagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi.