Joriy yilning 4-iyun kuni Yakkasaroy tumanida joylashgan “Rakatboshi” mahalla fuqarolar yig‘inida 2021-yilda Prezidentlik saylovlari o‘tkazilishi munosabati bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektori Ulug‘bek Abdullayev, Yakkasaroy Adliya bo‘limi boshlig‘i Alisher O‘runov, Yakkasaroy tumani vakili Burxon Xaydovonov, “Rakatboshi” mahalla fuqarolar yig‘ini faollari, jamoatchilik a’zolari va Paxta sanoat fakulteti dekan o‘rinbosari Alisher Xamidov, institut talaba-yoshlari ishtirok etdilar.