YANGILIK VA TADBIRLAR

Ipakchilik sohasining rivojlanishi: Pilla yetishtirish

1-10

     Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat institutining Ipak texnologiyasi kafedrasi qurtxonasida joriy yilning may oyida Ipakchilik ilmiy tadqiqot institutidan Marvarid, YA-120, MG, Xitoy duragaylaridan pilla yetishtirish uchun ipak qurti namunalari keltirilgan edi.

       Ushbu ipak qurtlari 20 kun davomida parvarishlanib, 20 kgdan ortiq hо‘l pilla terib olindi. Hozirda ipakchilik sohasining rivojlanishi va klasterga о‘tkazilishi munosabati bilan texnologiyalarni о‘z kо‘zlari bilan kо‘rish maqsadida Toshkent Davlat Iqtisodiyot universitetining bir guruh mutaxassis professor-о‘qituvchilari Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Ipak texnologiyasi kafedrasiga tashrif buyurdilar. Jarayonni kuzatib fikr va mulohazalar almashildi.

▶️Bizning kanal👇👇👇

TTYeSImatbuot

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!