YANGILIK VA TADBIRLAR

“Mahallabay” tizimi asosida “Muhandislar” mahallasiga tashrif

2

      Joriy yilning 8-iyun kuni О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-apreldagi “Yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qо‘llab-quvvatlash va bandligiga kо‘maklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda bо‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qо‘shimcha chora-tadbirlar tо‘g‘risida”gi PF-6208-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri SH.Agzamxodjayeva va X.Atamurodovlar tomonidan Yakkasaroy tumani “Muhandislar” mahallasida “Mahallabay” tizimi asosida О‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi “Shuhrat” medali sovrindori Gulandon Tog‘ayeva bilan uchrashuv tashkil etildi.

       Tadbirda shoira Gulandon Tog‘ayeva о‘z ijodiy namunalaridan о‘qib eshittirdilar. Kafedra mudiri Agzamxodjayeva Shaxnoza kitob о‘qish, hayotda о‘z о‘rniga ega bо‘lish, orzu intilishlarni qanday amalga oshirish yuzasidan fikr bildirib о‘tildi.

    Uchrashuv davomida mahallaning She’riyat olamiga qiziqishi bo‘lgan 10 nafar faol yoshlari ishtirok etishdi. Mahalla о‘quvchi-yoshlariga she’r yozishning sirlari о‘rgatildi. О‘quvchi-yoshlar ushbu tadbirda katta taassurot bilan ishtirok etishdi va о‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

▶️Bizning kanal👇👇👇
TTYeSImatbuot

Manzil:100100, Toshkent sh, Yakkasaroy tum.,
Shohjahon ko‘chasi 5
Bog’lanish:
(99871) 253-06-06
Faks:
(99871) 253-36-17
E-mail: Pochta@ttyesi.uz

©TTYSI Raqamli ta'lim texnologiyalar markazi 2024
error: SAYT MATNI HIMOYALANGAN !!